Maktab oldidagi qurilişga qarşi çiqqan direktorga jinoyat işi oçildi. Prokuratura aybsizlik prezumpsiyasini buzdi
|22:54 / 21.04.202162 0387 min
Toşkent viloyati prokuraturasi tergov endigina boşlanganiga qaramay, Toşkent tumanidagi maktab direktori budjet pullarini özlaştirgan deb bayonot tarqatdi. Gumondor jinoyat işini uyuştirilgan deb hisoblamoqda.
16 aprel kuni Toşkent viloyat prokuraturasi Toşkent tumanidagi 26-örta maktab direktori 173 million sömni talon-toroj qilganlikda gumonlanayotgani haqida xabar tarqatdi.
Prokuratura xabarida maktab direktorining ayol kişi ekani, ismining boş harflari, şuningdek, deputat ekani aytiladi. Keyinçalik bu yangilik boşqa ommaviy axborot vositalari, xususan Kun.uz saytida ham yoritildi.
Şundan söng maktab direktori Saida Hoşimova Kun.uz'ga murojaat qilib, jinoyat işi ayrim şaxslarning ğarazli maqsadlarini amalga oşiriş uçun atayin uyuştirilgani va tergov organi tayinlagan taftiş noxolis ötkazilgani haqida gapirib berdi.
«Hammasi maktab oldidagi qurilişga qarşilik qilganimdan keyin boşlandi»
— 20 yildan beri xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritib kelaman. Şundan 8 yil turli maktablarda direktor vazifasida faoliyat yuritganman.
Tumanda rus maktablar köp emas. Bizning maktab ham rus maktab bölgani sababli köplab tumanlardan öquvçilar kelişadi. Maktabda 1500 dan ziyod öquvçi tahsil olmoqda.
Maktab direktori Saida Hoşimova
2020 yil maktab yölining bir qismida va maktab darvozasi oldida quriliş bölişidan xabar topdik. Yerni tadbirkorlar auksion orqali sotib olgan ekan. Şundan söng men Toşkent tumani hokimiga quriliş joyini özgartiriş böyiça bir neça bor murojaat qildim.
Tadbirkor quriliş işlarini boşlab yubordi. Bu qurilişlar ota-onalarning öz farzandlarini maktabga olib kelib, olib ketişlarida maşaqqat tuğdira boşladi. Şundan söng men bu qurilişga qarşilik qildim. Hammasi ana şundan keyin boşlandi.
Mavzuga oid
«Ketma-ket tekşir-tekşirlar boşlanib ketdi»
— Qurilişga qarşilik körsatganimdan söng allaqayoqlardan mening ustimdan şikoyat yozuvçilar paydo böldi. Ustimdan arz qilib, prokuraturaga yozişdi. Şundan söng tekşir-tekşirlar avj oldi. Bu tekşiruvlardan ezilib ketdik. Öqituvçilarim ham dod dedi. Çunki haftalab, oylab tekşirişlar dars sifatiga ta'sir qilmay qolmasdi.
Dastlab tuman prokuraturasi tekşirdi. Keyin Toşkent viloyati davlat moliyaviy taftiş boşqarmasi tekşiruv ötkazdi. Aynan şu boşqarmaning asoslantirilmagan xulosasiga köra, tuman prokuraturasi tomonidan menga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
«Hali aybimni isbotlaşmasdan meni jinoyatçiga çiqarib qöyişdi»
— Taftiş komissiyasining dalolatnomasiga asoslanib, Toşkent viloyat prokuraturasi menga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar tarqatib yubordi. Şundan söng hamma meni jinoyatçi sifatida köra boşladi. Hatto uyga ham borolmay qoldim. Otamning köziga qarolmay yurdim. Özimni öldirmoqçi ham böldim. «Nahotki 20 yil şu tizimda işlab, endi şu ahvolda ketamanmi» degan öy xayolimdan ötdi.
Xalq ta'limi vazirligiga ham yordam sörab murojaat yölladim. Yordam beriş örniga yana tekşiruvçilarni yuborişdi. Nimaga qilmagan işim uçun javob berişim kerak? Men qurilişga norozilikni özimning manfaatim uçun qilmadim-ku!
Nega vazirlik öz tizimidagi xodimni himoya qilmay, «böri»larning içiga taşlab qöyadi?
«8 ta epizod böyiça böynimga ayb qöyişmoqçi»
— Taftiş komissiyasining dalolatnomasida 8 ta epizod böyiça kamçiliklar, xususan budjet mablağlarini talon-toroj qilganlik holatlari yozilgan. Barça epizodlar böyiça aybsiz ekanimni körsatuvçi asoslarim bor. Balki qayerdadir xato qilgandirman. Lekin bu jinoyat emas. Davlatning bir söm ham pulini yemaganman.
Eng katta summa kuni uzaytirilgan pullik tögaraklar böyiça çiqqan. Ya'ni qöyilgan 173 mln söm kamomadning 113 mln sömi tögaraklardan tuşgan pullar. Bu pullarni ota-onalarning özlari rozi-rizolik bilan berişgan.
Bizning aybimiz bu pullarga alohida hisobraqam oçib işlatmaganimiz böldi. Lekin men bir neça bor bu mavzuni kötardim. Ammo hisobraqam oçib berişmadi. Şundan söng jamoatçilik nazorati tuzildi. Hamma pullar hisob-kitob bilan sarflandi. Nimalarga sarflangani böyiça hujjatlar bor.
113 million pul bolalarni ovqatlantirişga, 5 taşabbus doirasida maktabga 3 ta tikuvçilik maşinasi olişga, 3 ta televizor, 3 ta öt öradigan maşina, öqituvçilarga iş haqi va maktab uçun yana köplab narsalarga sarflangan.
Maktab oşxonasiga bolalarni ovqatlantirgani uçun jami 21 million sömdan ortiq pul berilgan. 30 milliondan ortiq pul öqituvçilarga qöşimça dars ötgani uçun iş haqi sifatida berilgan. Hammasi komissiya a'zolari va ota-onalarning roziligi bilan qilingan. Ular tögaraklardan juda xursand bölişardi. Yana pul tölab, bolalarini öqitişga tayyor. Çunki bu bolalarda juda yaxşi natija bölgan.
Qolgan epizodlar böyiça ham aybsiz ekanimga asoslarim bor. Men maktab pulini öz çöntagimga solib ketmaganman.
Menga nisbatan köplab böhtonlar qilindi. Maşinam, oilam, şaxsiy hayotimgaça gap-sözlar tarqatişdi.
«Hammasi adolatli yakun topib, aybdorlar jazolanişini istayman»
— Tergov harakatlari hali davom etmoqda. Men adolat qaror topişini va qölimdagi hujjatlar inobatga olinişini sörab qolaman. Şuningdek, hali aybim isbotlanmasdan mening şa'nim, qadr-qimmatim va işçanlik obröyimga putur yetkazganlar qilmişiga yaraşa jazolanişini sörab qolaman.
Tekşir-tekşirlar, yolğon xabarlar bizga heç narsa bermaydi. Biz şaklga emas, mazmunga e'tibor qaratişimiz lozim. Öqituvçi himoya qilinişi kerak. Kimningdir xulosasi bilan inson jinoyatçi bölib qolmasligi kerak. Öylaymanki, hammasi ijobiy hal böladi.
Xulosa örnida
E'tiborlisi, Saida Hoşimova ta'lim tizimidagi 20 yillik mehnat faoliyati davomida biror marta bölsin, hatto intizomiy jazo olmagan. Mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan kökrak nişoni va «Xalq ta'limi a'loçisi» unvonlari bilan taqdirlangan.
Maktabning biz suhbatlaşgan qator xodimlari va öquvçilarning ota-onalari direktor faoliyatidan şikoyati yöqligini bildirişdi.
Aybi sudda isbotlanmay, tergov harakatlari endi boşlangan bir paytda gumondor 173 mln sömni talon-toroj qilgan deb qat'iyat bilan rasmiy bayonot beriş esa prokuratura aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etmaganini körsatadi.
Oxirgi paytlardagi amaliyot şuni körsatmoqdaki, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mana şunday kiçik amal egalarini «qölga tuşiriş»ga, ularni jamoatçilikka aşaddiy jinoyatçidek körsatişga ötib olganlari bor gap. Davlatning milliardlarini ömarganlar haqida esa lom-mim deyilmaydi.
Özi boşqarayotgan maktab öquvçilari va ota-onalariga qulaylik bölişi uçun kuraşib, oqibatda özi oğir vaziyatga tuşib qolgan ayol atrofida uni qöllovçi biror idora yoki taşkilot qolmaganidan kuyunadi.
Ayni vaqtda Saida Hoşimovaga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda. Biz sud hukmi bölmay turib, iş natijalarini taxmin qilişdan tiyilgan holda voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.