Toşkent tumanidagi 26-sonli umumiy örta ta'lim maktabida ötkazilgan tekşiruv yakuni böyiça maktab direktori S.X. (ayol) tomonidan jami 173 843 900 söm pul mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilingani yuzasidan 2020 yil 10 dekabr kuni unga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qism “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Toşkent viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Dastlabki tergov davomida, S.X. tuman xalq deputatlari kengaşi deputati bölgani sababli, uni deputatlik daxlsizligidan çiqariş va jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik oliş uçun tuman xalq deputatlari kengaşiga taqdimnoma kiritilib, jinoyat işi Özbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan töxtatilgan.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 aprel kuni S.X. deputatlik daxlsizligidan çiqarilgani va jinoiy javobgarlikka tortiş uçun tuman xalq deputatlari kengaşidan rozilik olingani sababli, şu kuni iş yuzasidan tergov harakatlari tiklangan.

“Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi”, deyiladi ma'lumotda.