Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida tabiiy muhitni muhofaza qilish kuchaytiriladi - Hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat prezidentning 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi va 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonlariga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligining:
O‘zbekiston hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosfera havosiga chiqarib tashlovchi, ochiq suv havzalari va joylar relefiga oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi 55,1 mingta yuridik shaxs xatlovdan o‘tkazilgani;
2020 yilda atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga 68,3 mlrd so‘m mablag‘ tushgani;
ushbu mablag‘larning 17,75 mlrd so‘mi davlat budjetiga o‘tkazilgani, qolgan mablag‘lar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga sarflangani haqidagi axboroti ma'lumot uchun qabul qilindi.
Belgilanishicha:
a) quyidagilar atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlari obektlari hisoblanadi:
- turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;
- ifloslantiruvchi moddalarni suv obektlariga va joylar relefiga oqizish massasi;
- yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi;
b) quyidagilar atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlari obektlari hisoblanmaydi:
- maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar;
- maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (6 oygacha) joylashtirilgani to‘g‘risidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
- texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqava suvlar va boshqalar;
v) quyidagilar kompensatsiya to‘lovchi sub'yektlar hisoblanadi:
- ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof-muhitga chiqarib tashlovchi, oqava suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
- yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.
O‘zbekiston hududida atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
- atrof-muhit ifloslantirilgani va chiqindilar joylashtirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlari obektlari;
- kompensatsiya to‘lovchi sub'yektlar;
- kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibi;
- atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish holatlarida kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibi;
- kompensatsiya to‘lovi hisob-kitoblarini rasmiylashtirish va ularni kelishish;
- kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish tartibi va muddatlari;
- kompensatsiya to‘lovchi sub'yektlarning kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari.
Mavzuga oid
22:36 / 04.07.2026
Soliq organlari to‘lov jarayonlariga aralashmasligi ma’lum qilindi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
09:55 / 20.02.2026