O‘zbekiston | 14:31 / 21.04.2021
16036
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maxsus evakuator ustida turgan «Matiz» radarga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus evakuator ustida turgan “Matiz” avtomobili radarga tushgani to‘g‘risida xabar tarqalib, u ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, mazkur holat 2020 yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 2020 yil 9 aprel kuni Guliston shahar hududida o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi karantin qoidalarini buzib, viloyat markazida harakatlanib yurgani sababli, haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirishga jo‘natilgan.

“Mersedes-Bens Sprint” rusumli maxsus evakuator “Matiz” rusumli avtomobilni jarima maydonchasiga olib ketayotib, O‘zbekiston ko‘chasida yuqori tezlik 60 km/soat belgilangan joyda 70 km/soat tezlikda harakatlangan vaqtda tezlikni o‘lchovchi moslama, ya'ni radarga tushgan.

Radar tezlik o‘lchovchi moslama avtomatik tartibda ushbu maxsus evakuator avtomashinasi ustiga ortilgan “Matiz” avtomashinasini ham suratga olib, markazlashgan bazaga jo‘natgan.

Qaror ijro etishlik uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas'ul xodimiga kelib tushgandan so‘ng uning asosligi va boshqa rekvizitlari to‘g‘riligini tasdiqlash vaqtida faqatgina “Mersedes-Bens Sprint” rusumli maxsus evakuator yuk mashinasi tezlikni oshirgani sababli jarima solish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlanib, mulkdorning yashash manziliga pochta orqali jo‘natilgan, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid