AQŞning Minneapolis şahri sudida sobiq politsiyaçi Derek Şovin afroamerikalik Jorj Floydning ölimida aybdor deb topildi. Floyd 2020 yil may oyida Şovin unga nisbatan qöllagan zöravonlik oqibatida vafot etgandi. 

Barça 12 nafar hukm çiqaruvçi sobiq politsiyaçini unga qöyilgan barça moddalar – ikkinçi darajali qotillik, ikkinçi darajali qasddan sodir etilmagan qotillik va uçinçi darajali qotillik moddalari böyiça aybdor deb topişgan. Bu moddalar böyiça 40 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş közda tutilgan.  

Şovin sud vaqtida rasman ozodlikda bölgan. U aybdor deb topilgaç, qöllariga kişan solingan holda sud zalidan olib çiqilib, qamoqxonaga jönatilgan. Sobiq politsiyaçi bu yerda unga jazo tayinlanişini kutadi. Ta'kidlanişiça, yakuniy hukm 2 oydan keyin çiqariladi.  

Şovin aybdor deb topilgaç, Floydning oila a'zolari bayonot berib, unda çiqarilgan ayblov xulosasi nafaqat Minneapolis taşqarisiga çiqişini, balki mamlakat va hattoki butun dunyo uçun muhim ahamiyatga egaligini aytişgan. 

Sud jarayoni vaqtida sud binosi atrofi beton tösiqlar va tikanli sim bilan örab olingan. Milliy gvardiya kuçlari tartib saqlanişini ta'minlagan. 

Şovin aybdor deb e'lon qilingaç, AQŞ prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris Floydning oila a'zolariga qönğiroq qilişgan. 

«Barçamiz yengil tortdik. Barça uç modda böyiça aybdor deb topildi. Bu haqiqatda muhimdir. Biz bundan ham köproğini qilmoqçimiz», – deb aytgan Bayden suhbat vaqtida.

46 yoşli Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga olinişi vaqtida qöllangan zöravonlik oqibatida vafot etgandi. Sobiq politsiyaçi Derek Şovin Floyd böğilayotganini aytişiga qaramasdan, 8 daqiqadan köproq uning böynini tizzasi bilan bosib turgandan keyin huşini yöqotgan. Keyinroq şifoxonada uning ölgani qayd qilingan. Floydning ölimi AQŞda irqçilikka qarşi Black Lives Matter deb nom olgan norozilik namoyişlari avj olişiga olib kelgan. Köp holatlarda namoyişlar marodyorlik va tartibsizliklar bilan keçgan.  

AQŞdagi namoyişlar boşqa bir qator davlatlarda ham politsiya zöravonligi va irqçilikka qarşi namoyişlar boşlanişiga turtki bölgan.