Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomas Bax Olimpiada shiori o‘zgartirilishi mumkinligini aytdi
Olimpiya o‘yinlari shiori – «Tezroq, balandroq, kuchliroq» 3 oydan keyin o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Men «Tezroq, balandroq, kuchliroq» shioriga «birgalikda» so‘zini qo‘shishni taklif qilgandim. Endilikda bu taklif XOQ a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va 3 oydan keyin shior biroz o‘zgarishi mumkin», deb aytgan Bax.
«Citius, Altius, Fortius! » shiori birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan 2 yil avval – 1894 yilda tasdiqlangan.
Ushbu iborani ilk bor fransuz rohibi Anri Martin Didon o‘zi faoliyat yuritgan kollejda sport musobaqalari ochilishi vaqtida ishlatgan. Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi baron Per de Kuberten ushbu iborani Olimpiada shiori sifatida taklif qilgan.
Mart boshida Tomas Bax yangi 4 yillik muddatga XOQ prezidenti lavozimiga qayta saylangandi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026