Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga olib qöyiş tartibi töğrisidagi yangi qonun loyihasi e'lon qilindi
|18:27 / 21.04.202121 6186 min
“Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasining maqsadi jismoniy va yuridik şaxslarga egalik qiliş, doimiy foydalaniş yoki vaqtinçalik foydalaniş huquqi bilan tegişli bölgan yer uçastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi hamda uşbu yer uçastkasi va unda joylaşgan köçmas mulk obektlarining huquq egalariga kompensatsiya beriş tartib-taomillarini belgilaşdan iborat.
Qonun loyihasida yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi quyidagi prinsiplar asosida amalga oşirilişi belgilandi:
mulk huquqi ustuvorligi;
xususiy mulk daxlsizligi;
olib qöyilgan yer uçastkasidan maqsadli foydalanişi;
qonuniylik;
oçiqlik va şaffoflik;
kompensatsiya kafolatlanişi.
Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, u jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga olib qöyişni töğridan töğri tartibga soluvçi yaxlit normativ-huquqiy hujjat bölib hisoblanadi.
Qonun loyihasi 7 bob va 42 moddadan iborat bölib, u quyidagi yangi normalar va mexanizmlarni öz içiga oladi:
yer uçastkalarini jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi mumkin bölgan aniq holatlarning tugal röyxati;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlarining yer uçastkasini kompensatsiya evaziga olib qöyiş taşabbusini dastlabki tarzda körib çiqiş böyiça majlislari ommaviy axborot vositalari va jamoatçilik vakillari iştirokida ötkazilişi;
oçiq muhokama ommaviy axborot vositalari iştirokida ötkazilişi va ularning iştiroki taşabbuskor tomonidan ta'minlanişi şartligi;
taşabbuskor tomonidan oçiq muhokama ötkazilişi jarayonining majburiy tartibda audio- va video qayd qilinişi ta'minlanişi;
oçiq muhokamani ötkaziş joyi köpçilik huquq egalarining yaşaş joyiga yaqin bölişi kerakligi, huquq egalari uçdan ikki qismi qatnaşganda oçiq muhokama ötkazilgan hisoblanişi;
taşabbuskor huquq egalariga oçiq muhokamada onlayn qatnaşiş imkoniyatini yaratişi şartligi;
Mavzuga oid
kompensatsiya berilganidan söng köçmas mulk obektini olti oy mobaynida böşatib qöyişga imkoniyat berilişi;
kompensatsiya sifatida boşqa turar joy berilganda ijtimoiy normani hisoblaş qoidalari;
bitta mahalla yoki köçada yaşovçi huquq egalari va ularning oila a'zolariga qulay şart-şaroitlar yaratiş va madaniy qadriyatlarini saqlab qoliş maqsadida, huquq egalari xohişiga köra bitta mahalla yoki köçada joylaşgan yangi uylar (bitta köp qavatli uydagi kvartiralar) berilişi mumkinligi;
kompensatsiya öz vaqtida va töliq berilişining doimiy monitoringi Köçmas mulk obektlari davlat reyestri yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oşirilişi;
olib qöyilgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obektini buzib taşlaş töğrisidagi qaror Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlari tomonidan qabul qilinişi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlarining yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş va olib qöyilgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obektini buzib taşlaş töğrisida qabul qiladigan qarorlari adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkazilib, ijobiy huquqiy xulosa berilgandagina qabul qilinişi mumkinligi;
nizolarni hal qiliş muqobil usullaridan foydalaniş imkoniyatlarini ta'minlaş, sudlar iş hajmini kamaytiriş, şuningdek nizolarni qisqa muddat içida hal qiliş maqsadida nizolarni dastlab sudgaça bölgan tartibda hal qilişga kömaklaşiş Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlari huzurida taşkil etiladigan kompensatsiya komissiyalari tomonidan amalga oşiriladi;
yer uçastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi töğrisidagi qaror qabul qiliş yuzasidan ötkaziladigan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar kengaşlari majlislarida taşabbuskor va huquq egalari içidan vakil yoki vakillar iştirok etişi şartligi, majlislarda taşabbuskor va huquq egalari içidan vakil yoki vakillar öz fikr va mulohazalarini, e'tirozlarini bildirişga, tegişli tuşuntirişlar olişga hamda yer uçastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi töğrisida qaror qabul qiliş böyiça deputatlar tomonidan ovoz beriş jarayonini kuzatişga haqli ekanligi;
yer uçastkasi kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi va olib qöyilgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obektini buzib taşlanişi töğrisidagi qarorlar qabul qilişning aniq qoidalari;
madaniy meros obektlari joylaşgan yoki ularga tutaş hududda joylaşgan yer uçastkalarini jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş talablari;
huquq egasi bilan kelişuvga erişilmagan taqdirda, huquq egasini kelişuvni imzolaşga majbur qiliş maqsadida unga tegişli bölgan mulkni erkin tasarruf etişiga tösqinlik qiluvçi xatti-harakatlarga, şu jumladan turar joyni kommunikatsiya vositalaridan uzib qöyiş, köçmas mulk obektiga kiriş va çiqiş yöllarini tösib qöyiş, munosib hayot keçirişiga tösqinlik qiluvçi şaroit yaratişga yöl qöyilmasligi va boşqalar.