Hukumat qarori (740-son, 24.11.2025 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Kiritilgan qöşimçalarga köra, uyda yakka tartibda öqitiladigan öquvçilarni, şu jumladan, bir xil yoşdagi va bir manzilda istiqomat qiluvçi 2 va undan ortiq öquvçilarni öqitganlik uçun maktab öqituvçilariga bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorida oylik yöl kompensatsiyasi tölanadi.

Kompensatsiya quyidagi şartlar asosida amalga oşiriladi:

  • maktabdan öquvçining yaşaş joyigaça masofa kamida 1,5 kilometr bölganda;
  • öquvçiga biriktirilgan bir neçta öqituvçilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda ötkazadigan öquv soatlari uluşidan kelib çiqib, uyda öqitilayotgan öquvçining öquv rejasidagi öquv soatlari miqdoriga mutanosib ravişda tölanadi.

Şuningdek, qarorda davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyaçisi hamda tibbiyot hamşiralari vaqtinça işda bölmagan davrda ularning vazifasini bajariş uçun içki buyruqlar örindoşlik asosida rasmiylaştirilişi belgilandi.

Bunda bajarilgan iş uçun:

  • tarbiyaçi va tibbiyot hamşiralari uçun — 100 foiz miqdorda;
  • boşqa lavozimlar uçun — 50 foiz miqdorda iş haqi tölanadi.

Mazkur holatda örindoşlik asosida faoliyat yuritgan xodimning jami iş yuklamasi 1,5 stavkadan ortiq bölişiga yöl qöyilmaydi.