20:31 / 22.04.2021
8945

AQSh Turkiyani F-35 qiruvchi samolyoti ishlab chiqarish dasturidan chetlatdi

Ma'lumot berilishicha, bu Anqaraning Rossiya ishlab chiqargan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligi bilan bog‘liq.

AQSh Turkiyani F-35 qiruvchi samolyoti ishlab chiqarishdan chetlatilgani haqida rasman xabardor qildi, deb ma'lum qildi Anadolu agentligi Pentagondagi manbasiga tayanib.

Agentlikning ma'lumot berishicha, bu Anqaraning Rossiya ishlab chiqargan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligi bilan bog‘liq.

Manbaning aytishicha, 2006 yilda tuzilgan memorandumda sakkiz mamlakat — AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstraliya, Daniya, Kanada, Norvegiya va Niderlandiya qolgan.

24 mart kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralardan so‘ng Anqara Rossiyadan sotib olingan S-400 majmualaridan voz kechmasligini aytgandi.

Anqaraga S-400 majmualarini yetkazib berish 2019 yil iyunda boshlangandi. Bu Turkiya va AQSh o‘rtasida kelishmovchilikka sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top