Taraqqiyotning hozirgi bosqiçida yoş avlodni har tomonlama bilimli, xorijiy tengdoşlari bilan bemalol raqobatlaşa oladigan, erkin fikrga ega, şuningdek, milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişga öz hissasini qöşadigan qilib tarbiyalaş muhim hisoblanadi. Sönggi yillar davomida Özbekistonda qator yangi oliy ta'lim muassasalari, xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallari taşkil etildi. Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti ana şunday oliy ta'lim muassasalaridan biri sanaladi.
Respublikaning bir neça oliy ta'lim muassasalarida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qöşma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaş faoliyati yölga qöyildi. Jumladan, Toşkent şahridagi Yodju texnika institutida ham bugungi kunda 10 dan ortiq qöşma dasturlar yölga qöyilgan bölib, mazkur qöşma dasturlar asosan 2+2 yoki 3+1 formatida amalga oşirilişi imzolangan özaro kelişuv memorandumlari asosida olib borilmoqda. Mazkur qöşma ta'lim dasturlarining asosiy maqsadi talabalarni akademik bosqiçda ham milliy darajada, ham xalqaro darajadagi maşğulotlarni ikki yil mamlakatamizda va ikki yil xorijdagi oliy ta'lim muassasasida davom ettirilişi hisoblanadi.
2019-2020 öquv yilida Toşkent şahridagi Yodju texnika institutida tahsil olayotgan 10 nafar talaba ilk qaldirğoçlar sifatida 2+2 qöşma dasturi asosida Koreya Respublikasining Hanyang universiteti (Hanyang University)da öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega böldilar. Şuni alohida aytib ötiş kerakki, uşbu universitet jahondagi universitetlar reytingida 146-örinni, Koreya Respublikasida esa kuçli beştalikka kirgan oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Joriy yilgi qöşma dasturda Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti talabalari orasida tanlov taşkil etildi va bölib ötgan sinovlar natijasi böyiça 10 nafar talaba öqişini xorijda davom ettiriş huquqini qölga kiritdi. Talabalarning saralaş işlarini maxsus komissiya amalga oşirgan bölib, komissiya tarkibida salmoqli örinni xorijiy oliy ta'lim muassasasi professor-öqituvçilari taşkil etdi. Imtihonlar uç bosqiçda bölib ötdi.
Birinçi bosqiçda talabalar yakunlangan öquv kurslari böyiça erişgan natijalari böyiça saralangan bölsa, ikkinçi bosqiçda koreys tilidan test sinovlari bölib ötdi. Uçinçi bosqiç, maxsus komissiya bilan onlayn va offlayn tarzda suhbat bölib ötdi. Mazkur imtihondan muvaffaqiyatli ötgan 10 nafar talaba hozirda Koreya Respublikasida öqişni davom ettiriş uçun maxsus sertifikatlarni qölga kiritişdi hamda yangi öquv yilidan tahsilni xorijda davom ettiradilar. Ta'kidlab ötiş joizki, agar uşbu talabalar kelgusi öqişlarini Koreya Respublikasining Hanyang universitetida muvaffaqiyatli tugatişsa, ular ikkita diplomga sazovor böladilar. Birinçisi Koreya Respublikasining Hanyang universiteti, ikkinçisi esa Toşkent şahridagi Yodju texnika institutining diplomlari.









