23:40 / 23.04.2021
9945

Dunyoda koronavirusdan rekord sonda haftalik kasallanish holatlari qayd etildi

Dunyoda pandemiya boshidan beri koronavirusdan rekord sonda haftalik kasallanish holatlari qayd etildi. Bunga Hindistondagi vaziyat kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Ushbu mamlakatda 2 kun ichida 650 mingga yaqin yangi kasallanish holati qayd etildi.

Foto: AP Photo/Eraldo Peres

Dunyoda oxirgi 7 kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 5,7 mlnga ko‘paydi. Bu esa pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

 Bu borada avvalgi antirekord 2020 yil dekabr o‘rtasida qayd qilingandi. O‘shanda bir hafta ichida 5,36 mln kishi kasallangandi.

 Ayni vaqtda dunyoda eng og‘ir vaziyat Hindistonda kechmoqda. Bu yerda qatorasiga ikkinchi kun kasallanish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda – kuniga 300 mingdan ko‘proq kasallanish holati.

 Hozirda dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 145 mlndan oshib ketdi, o‘lim holatlari esa 3,1 mlnga yaqinlashib qoldi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top