Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda hamshira tanishini «Tez tibbiy yordam»ga ishga kiritib qo‘yish uchun 600 dollar olayotganda ushlandi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida hamshira tanishini tuman tibbiyot birlashmasining «Tez tibbiy yordam» bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, undan 600 AQSh dollarini olayotganda ushlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 21 aprel kuni Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlovchi 33 yoshli U.Muhayyo o‘zining xizmat mavqeyidan foydalangan holda, tanishi, 38 yoshli S.Shahnozani «Tez tibbiy yordam» bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, ish joyida undan 600 dollar olayotgan vaqtida JQB va DXX xodimlari tomonidan ushlangan.


Qayd etilishicha, tadbir davomida, U.Muhayyodan kimyoviy ishlov berilgan 600 dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan U.Muhayyoga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Firibgarlik, ya'ni xizmat mavqeyidan foydalanib o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Samarqandda OTMlaridan biriga 3000 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi
Mavzuga oid
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026