12:57 / 25.04.2021
8576

O‘zbekistonda 26 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

«O‘zgidromet» 26 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–12 daraja iliq, kunduzi 27–27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq «O‘zgidromet» qisqa vaqtli sovuqdan so‘ng O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanishini ma'lum qilgandi.

Top