Jahon | 19:54 / 26.04.2021
4945
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi shahar Trampning qarzdorligini undirish uchun qarz undiruvchilarni yolladi

Qayd etilishicha, qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha bir necha marta yuborilgan so‘rovlar natijasiz bo‘lgan.

Foto: AP

AQShning Albukerke shahri sobiq prezident Donald Trampning qarzdorligini undirish uchun kollektorlik agentligiga murojaat qildi, deb xabar berdi Daily Mail.

Nashrning yozishicha, sobiq davlat rahbari 2019 yil 16 sentyabrda shaharda miting o‘tkazganidan so‘ng 211 ming dollar qarz bo‘lib qolgan. Mahalliy hokimiyatning fikricha, bu summa xavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlarga kompensatsiya sifatida to‘lanishi lozim.

Shahar meri Tim Keller Tramp aslida bundan ham ko‘proq qarzdor degan fikrda: uning so‘zlariga ko‘ra, "shahar bir yarim kunga yaqin vaqt o‘ziga kela olmagan".

Qayd etilishicha, qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha bir necha marta yuborilgan so‘rovlar natijasiz bo‘lgan.

Tramp Albukerkeda miting o‘tkazgan kuni meriya va shaharning bir qismi yopilgan, davlat xizmatchilari shu kuni ishlamagan va ularga haq to‘langan. Bundan tashqari, politsiya ortiqcha yuklama bilan ishlagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu Trampning miting o‘tkazganlik uchun qarzini to‘lamagani bilan bog‘liq birinchi holat emas. Xususan, Minneapolis hokimiyati sobiq prezident 2019 yil oktyabrda shaharda miting o‘tkazgani uchun 543 ming dollar, Tuson shahri esa 2016 yil martdagi miting uchun 82 ming dollar qarzdor ekanligini bildirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid