Farg‘onada ikkita oliygoh karantinga yopildi
Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona politexnika instituti 14 kunga karantinga yopildi

Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 26 aprel kungi Kengash yig‘ilishi qaroriga muvofiq, infeksiya yuqtirib olish va virus tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida 26 aprel sanasidan universitetda 14 kunlik karantin joriy etildi.
Bu haqda universitet ma'muriyati Kun.uz'ga xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, dars mashg‘ulotlari 27 aprel sanasidan boshlab onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Karantin davrida oliy ta'lim muassasasi xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, dars mashg‘ulotlari yana an'anaviy shaklga qaytariladi.
Shuningdek, viloyatdagi yana bir oliygoh Farg‘ona politexnika instituti ham masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan
Kun.uz manbaalarining xabar berishicha politexnika instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli o‘quv jarayonlari 2021 yilning 24 aprelidan boshlab, 14 kun davomida masofaviy shaklga o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:45 / 30.01.2025
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon

19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

15:00 / 21.06.2023
Farg‘ona politexnika institutida ta’lim oling!

09:32 / 02.06.2023