Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga talab kamayib ketayotgani sababi aytildi
ID-karta olgach, turli bahonalar bilan ish joyini tark etish, viza muddati tugagach esa noqonuniy ravishda Koreyada qolib ketish asosiy sabablardan, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Mehnat vazirligi.
AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Koreyaning bir necha yirik shaharlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar, uchrashuv hamda muzokaralar natijalari ish beruvchilar tomonidan o‘zbekistonlik ishchilarni ishga yollash hamda tanlash ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda keskin kamayib ketishiga asosiy sabablar sifatida quyidagilar keltirib o‘tilgan:
- ID-kartaga ega bo‘lgandan keyin ish joyini turli bahonalar bilan tark etishni («otkaz olish») ish beruvchidan talab qilish;
- mehnat shartnomasi hamda viza muddati tugagach noqonuniy ravishda Koreya hududida qolib ketish;
- yollangan ishchilarning koreys tilini, Koreya urf-odatlari va madaniyatini yaxshi bilmasligi;
- ish beruvchi bilan kelisha olmaslik va nizoli holatlarning tez-tez vujudga kelishi;
- ayrim hollarda me'yoridan ortiq spirtli ichimliklar iste'mol qilishi;
- ichki mehnat tartib qoidalari va talablariga rioya etmaslik.
Shuningdek, Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo pandemiya sharoitida jo‘nab keta olmagan fuqarolar murojaati yuzasidan ham izoh berildi. Fuqarolar tomonidan nima uchun Ye-8 viza turi orqali fuqarolar jo‘nab ketayotgani, ammo Ye-9 vizasi egalariga ruxsat berilmagani yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Ma'lum qilinishicha, E-8 va Ye-9 vizasi bir-biridan keskin farq qiladi va ularni olish sharti va muddatlari ham turlicha.
E-9 vizasi orqali fuqarolar kichik va o‘rta biznes korxonalariga, xususan, sanoatdagi ishlab chiqarish sohasiga jalb etiladi. Viza egalari uchun shartnoma muddati — 4 yil 10 oy. Talabgorlar koreys tili bo‘yicha EPS-Topik hamda malaka test imtihonlaridan o‘tishlari shart.
Ye-8 viza turi orqali esa fuqarolar fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga jalb etiladi. Ishchilar vaqtinchalik 5 oylik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda yollanadi.
Qayd etilishicha, Ye-9 vizasi Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi, Ye-8 vizasi esa Koreya Respublikasining Adliya vazirligi tasarrufiga kiradi. Ushbu tizimlar mutlaqo bir biriga yaqin hamda bog‘liq emas.
Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026