Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik hakerlar Vashington politsiyasi kompyuter tarmog‘idan 250 gigabayt maxfiy ma'lumot o‘g‘irlashdi
Rossiyalik hakerlar Vashington politsiyasining kompyuter tarmog‘ini buzib kirib, u yerdan maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashdi. Endilikda ular ushbu ma'lumotlarni tarqatmaslik uchun politsiyadan pul talab qilishmoqda.
Vashington politsiyasining ta'kidlashicha, kiberjinoyatchilar talab qilgan pullari 3 kun ichida to‘lanmasa, politsiyaning yashirin ayg‘oqchilari haqidagi ma'lumotni oshkor qilish bilan tahdid qilishmoqda. Ular talab qilayotgan summa ma'lum qilinmagan.
Ta'kidlanishicha, Babuk guruhi hakerlari politsiya xodimlarining shaxsiy ma'lumotlari, jinoyatchilarga ochilgan shaxsiy ishlar, tergovlar bo‘yicha hisobotlar saqlangan 250 gigabaytdan ko‘proq axborotni qo‘lga kiritishgan. Ular ba'zi hujjatlarning skrinshotlarini darknetdagi saytlarida joylashtirishgan.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, ushbu ishni tergov qilishga FQB jalb qilingan.
Mavzuga oid
11:25 / 16.03.2026
Ahror Burhonov Vashingtonda O‘zbekistonning ilk bosh konsuli bo‘ldi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
13:01 / 07.03.2026
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
16:17 / 29.01.2026