18:27 / 27.04.2021
7352

Vashington hukumati Trampning inauguratsiyasi kunida qo‘lga olingan fuqarolarga 1,6 million dollar to‘laydi

Da'vogarlarning ta'kidlashicha, politsiyachilar ularga 16 soat davomida ovqat va suv bermagan, hojatxonaga borishlariga yo‘l qo‘ymagan.

Zach Gibson/AFP via Getty Images

Kolumbiya okrugi hukumati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kunida qo‘lga olingan fuqarolarga 1,6 million dollar to‘laydi. Bu haqda The Hill xabar berdi.

Gap 2017 yil yanvarda sodir bo‘lgan voqealar haqida bormoqda. O‘shanda 234 kishi qo‘lga olingandi. Sud materiallariga ko‘ra, shahar hokimiyati olti kishiga 605 ming dollar, yana 200 kishiga bir million dollardan ortiq tovon to‘lashga rozi bo‘lgan.

Da'vogarlarning ta'kidlashicha, politsiyachilar ularga 16 soat davomida ovqat va suv bermagan, hojatxonaga borishlariga yo‘l qo‘ymagan.

"Politsiya xodimlarining konstitutsiyaga zid harakati va kimyoviy quroldan foydalangan holda kuch ishlatilishi o‘z huquqlaridan foydalanishni istagan mijozlarimizga jismoniy zarar yetkazgan", - deyiladi Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqining (ACLU-DC) huquqiy masalalar bo‘yicha direktori Skott Michelman bayonotida.

2017 yilda Donald Trampning inauguratsiya marosimidan so‘ng norozilik aksiyalari o‘tkazilgandi.

Top