Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung’ning marhum rahbari oilasi 10 milliard dollardan ko‘proq meros solig‘i to‘laydi
Janubiy Koreyada Samsung kompaniyalari guruhining marhum rahbari Li Gon Xining merosxo‘rlari davlatga meros uchun soliq sifatida 12 trln vondan ko‘proq (10,7 mlrd dollar) mablag‘ to‘laydilar. Ta'kidlanishicha, bu mamlakat tarixida bunday turdagi eng yirik to‘lov hisoblanadi.
Li Gon Xining merosxo‘rlari, shuningdek, 1 trln vonni (900 mln dollar) va 2 trln vonga (1,8 mlrd dollar) baholanuvchi 23 ming san'at asarini virusli infeksiyalarga qarshi kurashga va kam uchrovchi bolalar kasalliklari sohasidagi tadqiqotlar uchun xayriya qilishlarini aytishgan.
Shu bilan birga, ular merosga olingan Samsung aksiyalarini qanday bo‘lishishini ma'lum qilmagan.
Li Gon Xining merosxo‘rlari uning rafiqasi Xon Xa Ri, o‘g‘li Li Chje Yen va ikki qizi – Li Bu Chjin va Li So Xyon hisoblanadi.
Marhumning oilasi soliqni qismlab to‘lamoqchiligini bildirgan: umumiy qiymatdan oltidan bir qismi aprel oxirigacha, qolgan qismi esa keyingi 5 yil davomida to‘lanadi.
Li Gon Xi 2020 yil oktyabrda 78 yoshida Seulda vafot etgandi. Janubiy Koreyaning eng boy odami hisoblangan Li Gon Xi o‘zidan keyin 25 trln vondan ko‘proq (22,5 mlrd dollar) qiymatdagi aktivlar va ko‘chmas mulk qoldirgan.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
15:00 / 06.01.2026
Samsung CES 2026 ko‘rgazmasida: kelajak uyi, AI-texnologiyalar va sovrinli o‘yin
13:42 / 02.12.2025
Samsung o‘zining birinchi uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etdi
22:27 / 01.11.2025