O‘zbekiston | 10:53 / 28.04.2021
8530
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Maktab va bog‘cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanayotgan aholi qatlamlari qamrovi kengaydi. Shu paytgacha 65 yosh va undan katta fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanayotgan edi. 

«27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar ham vaksinatsiya jarayonlariga jalb qilindi.

Shu kunning o‘zida 9343 nafar o‘qituvchi, 5298 nafar maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, 2845 nafar surunkali kasalligi borlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

Ilk kunda maktab o‘qituvchilarining 22 foizi AstraZeneca, 78 foizi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan bo‘lsa, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarida bu ko‘rsatkich mos ravishda 11 va 89 foizni, surunkali kasalligi borlarda esa 23 va 77 foizni tashkil etgan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir kunda jami 34 ming 445 kishi vaksina qabul qilgan va O‘zbekistonda shu vaqtgacha emlanganlar soni 600 mingdan oshdi.

27 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Farg‘ona viloyati (5357 nafar)
Toshkent viloyati (4235 nafar),
Samarqand viloyati (4138 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 80874 nafar, 
  • Namangan viloyatida 62275 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 60543 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid