Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mahalliy aholi ishtirokida mojaro yuz berdi

Foto: Korbaroni Feysbuk
28 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi mahalliy aholi ishtirokida navbatdagi mojaro yuz berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mojaroga Tojikiston tomonining chegaraoldi hududi «Bosh suv taqsimlagich» deb nomlangan qismidagi elektr uzatish liniyasi ustunlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatishni boshlagani sabab bo‘lgan. Biroq Qirg‘iziston ushbu hududni bahsli deb hisoblaydi.
Qirg‘izistonning voqea joyiga kelgan chegara otryadi va Botken viloyati ichki ishlar bo‘limi xodimlari kameralarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni to‘xtatishni talab qilishgan. Biroq ikki davlat chegarachilari kelisha olmagach, ikki tomondan 150ga yaqin odam to‘planib, bir-birlariga tosh uloqtira boshlashgan.
Qirg‘iziston tomonining xabar berishicha, mojaro davomida 3 nafar qirg‘izistonlik jarohat olgan. O‘z navbatida, Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, mojaro 7 nafar tojik fuqarosi jabrlanishiga sabab bo‘lgan.
Qirg‘izistonda ushbu mojaro yuzasidan «Ommaviy tartibsizliklar» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ikki tomon ushbu mojaroda bir-birini ayblamoqda. Qirg‘iziston chegara xizmatida ma'lum qilinishicha, suv taqsimlagich joylashgan hududdagi mojaro tojiklar tomonidan keltirib chiqarilgan.
«Tojikiston tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Qirg‘izistonning turli aholi punktlaridan chegaraga odamlar olib kelinib, millatlararo mojaroga gijgijlanayotgani haqida tarqatilayotgan xabarlar chegaradagi haqiqiy vaziyatni batamom buzib ko‘rsatadi. Ushbu mojaro Tojikiston fuqarolari tomonidan keltirib chiqarilgan», deyilgan Qirg‘iziston tomoni bayonotida.
Shuningdek, Tojikiston tomonidan suv taqsimlagich Tojikistonga tegishli ekani hamda Qirg‘iziston fuqarolari uni bir tomonlama tarzda egallab olganlari haqida tarqatilayotgan ma'lumot haqiqatga mos emas. «Yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solish o‘rniga Tojikiston tomoni bunday bayonotlari bilan vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda va ikki davlat chegaraoldi hududidagi aholi o‘rtasiga nifoq solmoqda», deb qo‘shimcha qilingan Qirg‘iziston chegara xizmatida.
Biroq Tojikiston tomonining bayonotida ta'kidlanishicha, suv taqsimlagich Qirg‘iziston aholi punktlaridan uzoqda joylashgan. Bayonotda aytilishicha, 1924—1927 va 1989 yillardagi xaritalarga ko‘ra, suv taqsimlagich to‘liq Tojikiston hududida joylashgan. U 1968 yilda qurilgan va Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistonning chegaraoldi hududlarida irrigatsiya ishlarini amalga oshirish va ekin maydonlarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan.
Tojikiston chegara xizmatida ta'kidlanishicha, Qirg‘iziston «bir tomonlama ravishda ushbu gidroinshootni egallab olgan va chegaraoldi hududidagi tinch tojiklarga qarshi fuqarolik kiyimida kiyinib olgan maxsus kuchlar jangchilarini qo‘llamoqda».
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasida mojaro chiqib turadi. Bunga asosiy sabab chegarada delimitatsiya qilinmagan o‘nlab hududlar mavjudligi hisoblanadi. Ushbu uchastkalarda davlatlar o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tganini aniq bilib bo‘lmaydi.
Qirg‘iziston ma'lumotlariga ko‘ra, Tojikiston bilan umumiy chegara 972 kmni tashkil qiladi. Undan 519 kmlik qismi bo‘yicha chegaraning qayerdan o‘tishi belgilab olingan, qolgan 375 km bo‘yicha esa bir to‘xtamga kelinmagan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

21:03 / 18.07.2025
Qirg‘izistonda Tojikiston va O‘zbekiston bilan tutash chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

09:22 / 18.07.2025