Jamiyat | 20:46 / 30.04.2021
7256
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabda internet sifati yaxshi bo‘lmasa nima qilish kerak? Vazir o‘rinbosari javob berdi

Kecha, 29 aprel kuni AOKAda umumta'lim maktablarining AKT bilan ta'minlanganlik holati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonovga ayrim maktablarda internet tezligi pastligi va shu kabi muammo chiqqanda qayerga murojaat qilinishi borasida savol berildi.

«Rostdan ham shu kabi savollar bilan bizga ko‘p murojaat qilishadi. Masalan, o‘zim ham Nishon, Yangiyo‘l va Jarqo‘rg‘on tumanlariga borganimda shu kabi holatga duch keldim.

Biz hozir yangi tarifga o‘tganmiz. Oldin maktablar «ziyonet» tarifida edi. To‘g‘risini aytish kerak, bu tarifda internet tezligi umuman yaxshi bo‘lmagan. Biz shu tufayli «education» tarifiga o‘tganmiz. Bu tarifda esa maktab quvvatidan kelib chiqib, 10, 40 va 100 mb/t tezlik belgilangan.

Albatta, bunday murojaatlar ko‘payayotgan ekan, biz buni ko‘rib chiqamiz. Qaysi maktabda muammo bo‘lsa va bizga murojaat qilishsa, biz «uztelecom» bilan ishlab, tarif tezligini oshirib berishimiz mumkin», – deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid