Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada dunyodagi eng uzun osma yo‘lovchi ko‘prik ochildi
Portugaliyada 29 aprelda dunyodagi eng uzun osma yo‘lovchi ko‘prik ochildi. Uning uzunligi 516 metrni tashkil qiladi.
Yevropa OAVning ma'lum qilishicha, ko‘prik Portugaliya shimolidagi Payva daryosi ustidan 175 metr balandlikda o‘tgan. U 2 yilga yaqin qurilgan va 2,3 mln yevroga aylangan.
2 mayda ko‘prik rasman ochiladi. Biroq ta'kidlanishicha, mahalliy aholi undan foydalanishni boshlagan.
Ko‘prikning uzunligi 516 metrni tashkil qilib, bu ushbu turdagi ko‘priklar uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekordchi Shveytsariya Alplaridagi Charlz Kuonen nomidagi ko‘prik hisoblangan. Uning uzunligi 494 metrni tashkil qiladi.