Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘prik ustida to‘qnashgan ikkita mashina ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi
Joriy yilning 1 may kuni soat 12:30larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida "Matiz" hamda "Kobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, transport vositalari ag‘darilgan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisiga hamda "Matiz" rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026