Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga «Tolibon» kelishi mumkinligini istisno qilmadi
AQSh Afg‘onistondan amerikalik harbiylar olib chiqilgandan keyin u yerda voqealarning har qanday rivojiga tayyor turishi kerak. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Blinkendan «Vashington qo‘shinlar olib chiqilgandan keyin Afg‘onistonda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi hokimiyat qulab, uning o‘rniga «Tolibon» kelishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariyga tayyormi?» deb so‘ralgan. «Biz har qanday ssenariyga yoki ularning butun bir spektriga tayyor turishimiz lozim. Biz bunga juda teran qaraymiz», deb javob qilgan AQSh davlat kotibi.
Blinken AQSh harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davomida nima uchun qolayotganining asl maqsadini eslatib o‘tdi. «Biz ba'zida u yerga birinchi navbatda nima maqsadda jo‘naganimizni unutib qo‘yamiz. Bu 11 sentyabrda hujum qilgan odamlarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida qilingan. Va biz buni uddaladik», deb qo‘shimcha qilgan AQSh davlat kotibi.
Shu bilan birga, Blinken qo‘shinlarning olib chiqilishi AQSh Afg‘onistonni to‘liq tark etishini anglatmasligini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Afg‘onistonda AQSh elchixonasi o‘z faoliyatini davom ettiradi. «Biz Afg‘onistonga iqtisodiyot, rivojlanish, insonparvarlik masalalarida ko‘rsatayotgan ko‘magimizning barchasi qoladi», deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Blinken.
Avvalroq, aprel oyida AQSh prezidenti Jo Bayden AQShda 2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan teraktlarning 20 yilligigacha Afg‘onistondan butun qo‘shin olib chiqilishiga va'da bergandi. AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi 1 maydan boshlandi. Shundan keyin NATO ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026