20:16 / 04.05.2021
4001

G20 mamlakatlari COVID-pasportlar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi – OAV

Qayd etilishicha, emlanganlik pasportlarining joriy etilishi turizmning tezroq tiklanishiga yordam beradi va jahon iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

G20 mamlakatlari turizm vazirlari koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi pasport joriy etilishini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Vazirlarning fikriga ko‘ra, emlanganlik pasportlarining joriy etilishi turizmning tezroq tiklanishiga yordam beradi va jahon iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

«Biz sayohat va turizmning tiklanishi jahon iqtisodiyoti tiklanishi uchun muhimligini ta'kidlaymiz», — deyiladi qo‘shma bayonot loyihasida.

Avvalroq JSST chegaradan o‘tayotganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risida hujjat talab qilmaslikni tavsiya etgandi.

Qayd etilishicha, hozirda dunyoda vaksina taqsimlanishi borasida notenglik kuzatilmoqda va emlanganlik to‘g‘risida hujjat talab qilish vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.

Top