Jahon | 18:54 / 20.04.2021
3257
1 daqiqa o‘qiladi

JSST chegaradan o‘tayotganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risida hujjat talab qilmaslikni tavsiya etdi

JSST shuningdek, koronavirusga test olish, izolyatsiya va emlash bilan bog‘liq xarajatlarni xalqaro sayyohlar zimmasiga yuklashni kamaytirishni maslahat bergan.

Foto: Zuma/TASS

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi mamlakatlarga chegaralarni kesib o‘tayotganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risida hujjat talab qilmaslikni tavsiya etdi.

Qayd etilishicha, hozirda dunyoda vaksina taqsimlanishi borasida notenglik kuzatilmoqda va emlanganlik to‘g‘risida hujjat talab qilish vaziyatni og‘irlashtirishi mumkin.

JSST shuningdek, koronavirusga test olish, izolyatsiya va emlash bilan bog‘liq xarajatlarni xalqaro sayyohlar zimmasiga yuklashni kamaytirishni maslahat bergan.

 Avvalroq JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirus pandemiyasini bir necha oy ichida nazoratga olish mumkinligini aytgandi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasini zarur resurslarni adolatli taqsimlash orqali jilovlash mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid