Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qator faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
Prezident “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonni imzolaydi.
2021 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi:
maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amaliyotga to‘liq joriy etish maqsadida nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun zarur sharoitlar yaratadi, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025