O‘zbekiston | 15:47 / 05.05.2021
3117
3 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir sharoitli hududlar tibbiyot birlashmalari rahbari lavozimiga respublika tibbiyot markazlari xodimlari shartnoma asosida jalb qilinadi

Prezident “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonni imzolaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining ehtiyoj mavjud bo‘lgan og‘ir sharoitli tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ularning filiallari, oliy tibbiyot ta'lim muassasalari, ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida muayyan muddatga jalb qilish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu rahbar xodimlar va mutaxassislarga asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini to‘liq saqlagan holda, ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini to‘liq to‘lab berish, ushbu xarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi to‘lovlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishini ta'minlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10 foizi 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yana qo‘shimcha 10 foizi 2023 yil 1 yanvardan boshlab to‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta'minlanadigan koykalar fondiga o‘tkaziladi;
  • bundan bo‘shaydigan Davlat budjeti mablag‘lari tuman (shahar) shifoxonalarining dori vositalari, reaktivlar va tibbiyot uskunalari ta'minotini yaxshilashga hamda boshqa tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha koyka fondini tashkil etishga yo‘naltiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar 2022 yil uchun, 2022 yil 1 oktyabrga qadar esa 2023 yil uchun har bir tuman (shahar) shifoxonalari kesimida bo‘shaydigan mablag‘lar hajmini va ularni ishlatish yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid