O‘zbekiston | 07:52 / 07.05.2021
6495
1 daqiqa o‘qiladi

7 may kuni O‘zbekistonga nam havo oqimi kirib kelishi davom etadi

Foto: KUN.UZ

7 may kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid