Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Jamshidjon Choriyev Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. U mazkur tayinlovgacha Angor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
J.Choriyev 1984 yilning 22 noyabrida Angor tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetini bakalavr, 2008 yilda Termiz davlat universitetini magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarixchi.
Ma'lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar bilan bog‘liq sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish asosiy vazifasi etib belgilangan.
Mavzuga oid
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026