Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, joriy yilning 1 iyun kuni soat 17:30 larda «112» tizimi orqali Qumqörğon tumanidagi Janubiy Surxon suv omborida qayiq ağdarilib ketgani haqida xabar kelib tuşgan.

Xabar ortidan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvçilarning aniqlaşiça, qayiqda bölgan 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirğoqqa suzib çiqişga muvaffaq bölgan. Bir nafar fuqaro esa suvdan çiqolmay qolib, çökib ketgan.

Şundan söng Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari tomonidan suv havzasida keng kölamli qidiruv işlari boşlangan.

Hozirda voqea joyida prokuratura, içki işlar va favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari tomonidan hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş işlari olib borilmoqda.