Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmaganlar masalalari böyiça sobiq inspektor-psixolog voyaga yetmagan qizning nomusiga tegişda gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilişiça, Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi voyaga yetmaganlar masalalari böyiça inspektor-psixologi A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining:

  • 118-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş);
  • 129-moddasi 3-qismi (zörlik işlatib yoki qörqitib 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş);
  • 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan olib borilgan jinoyat işi tergovi natijasiga köra, ayblov xulosasi bilan tamomlangan.

Hujjatlar körib çiqiş uçun tegişli sudlovga yuborilgan. Voqea qaçon sodir bölganiga aniqlik kiritilmagan.

«Boşqa şaxslarning ijtimoiy tarmoqlar orqali asossiz va tuhmatdan iborat, jamoatçilikni çalğituvçi axborotni tarqatiş bilan boğliq harakatlari voyaga yetmagan şaxsga nisbatan jinoyat sodir qilgan şaxsni javobgarlikdan qutulib qolişi uçun xizmat qilmaydi. Jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tergov qilişga yoki sud işlarini hal etişga aralaşganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanganligini yana bir bor eslatib ötadi», – deyiladi prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Telegram’dagi «Negativ kanali» xabariga köra, A.R. 14 yoşli qizni xizmat xonasiga olib borib, unga nisbatan jinsiy harakatlar sodir etgan.

Avvalroq Andijon viloyatida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş inspektori 15 yoşli qiz bilan jinsiy aloqada bölişda gumon qilinayotgani xabar qilingandi.