Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjetdan pul oladiganlar xarajatlarini o‘z saytida ko‘rsatib borishi shart qilib qo‘yildi
«Budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, budjet ochiqligi bo‘yicha ma'lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtirilmagani budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzish deb hisoblanadi. Bunday holatda tegishli tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan jarima qo‘llaniladi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, hujjatda barcha darajadagi budjet mablag‘lari taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchilar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda ma'lumotlarni joylashtirish tartibi belgilandi.
Jumladan, nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
- budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida ochiq ma'lumotlarning mazmuni va joylashtirish muddatlari;
- rasmiy veb-saytlarga joylashtirib boriladigan ma'lumotlarning shakllari;
- budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash maqsadida ochiq ma'lumotlarni joylashtirish.
Bundan tashqari, quyidagi ma'lumotlarni joylashtirish majburiy qilib qo‘yildi:
- Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan soliq va bojxona imtiyozlari ro‘yxatini, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotlarni;
- davlat organlari tomonidan ularning budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadi va xarajatlari ham endilikda ushbu Nizom bilan tasdiqlangan tartib bo‘yicha har chorak yakunlariga ko‘ra o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilishi shart.
Qayd etilishicha, bu jarayon davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari shakllanish yo‘nalishlari va ushbu mablag‘lar qanday maqsadlarda sarflanayotgani bo‘yicha ma'lumotlarning jamoatchilik uchun ochiq tarzda e'lon qilinishini ta'minlaydi.
Shu bilan birga, Moliya vazirligi budjet tashkilotlarining xarajatlari ijrosi, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi, xarajatlari hamda davlat xaridlari yuzasidan ma'lumotlarni tizimlashtirgan holda tuman (shahar)lar kesimida joylashtirib borishi belgilandi.
Davlat qarzining holati va o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar «Ochiq budjet» axborot portaliga joylashtirilishi tasdiqlandi.
Qonunchilikka kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarda 2021 yil 1 apreldan boshlab budjet ochiqligi bo‘yicha ma'lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtirilmagani budjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzish deb hisoblanadi. Bunday holatda tegishli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan BHMning ikki baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025