Malavida 16 ming 400 doza, Janubiy Sudanda 59 ming doza Oxford-AstraZeneca vaksinasining yaroqlilik muddati 13 aprelda tugagan.
JSST yaroqlilik muddatini xavfsiz tarzda uzaytiriş yöllarini izlaş uçun uşbu vaksinalarni saqlaşga çaqirganiga qaramay, har ikkala mamlakat ham mazkur vaksinalarni yöq qilişga qaror qildi.
Kongo Demokratik Respublikasi esa kambağal mamlakatlarga vaksinalar yetkazib berişni maqsad qilgan COVAX dasturi doirasida qabul qilingan 1,7 million vaksinaning katta qismidan foydalana olmasligini e'lon qildi.
Kongoda aprel oyi oxiriga qadar uşbu vaksinalarning atigi ming dozasi işlatilgan.

Garçi yaroqlilik muddati 24 iyun bölsa-da, uşbu vaksinalarning aksariyati Togo va emlaşning birinçi bosqiçini tugatgan mamlakatlar sirasidagi Ganaga jönatilmoqda.
Vaksinalardan nima uçun foydalanilmadi?
Aslida, Oxford-AstraZeneca vaksinalari işlab çiqarilganidan keyin 6 oygaça muzlatkiçlarda xavfsiz saqlanişi mumkin.
Biroq ayrim mamlakatlarda emlaş jarayonini sekinlaştiradigan bir neça omillar mavjud.
Janubiy Afrika hukumati mamlakatdagi koronavirus ştammidan yetarli darajada himoya qila olmasligi sababli fevral oyida qabul qilib olingan yaroqlilik muddati 13 fevralgaça bölgan Oxford-AstraZeneca vaksinalaridan foydalanmaslikka qaror qilgandi.
Afrika Ittifoqi endilikda uşbu vaksinalarni qit'aning boşqa mamlakatlariga tarqatişga harakat qilmoqda.
Mart oyi oxirida Afrika mamlakatlariga tarqatiş uçun Afrika Ittifoqiga 1 million doza vaksina yuborildi. Biroq ayrim mamlakatlar, şu jumladan, Janubiy Sudan uşbu vaksinalarning yaroqlilik muddati haqida ularga ma'lumot berilmaganini aytdi.
Boşqa tomondan, Nigeriya rasmiylari uşbu dozalarning hammasidan qisqa vaqt içida emlaş uçun foydalaniş mumkin emasligini ta'kidladi. Şuning uçun vaksinalarning bir qismi qöşni Togo va Gana davlatlariga, yana bir qismi esa Yamaykaga yuborildi.
JSST faqat Togo va Gambiya davlatlarigina öz vaksinalarining barça dozalarini yaroqlilik muddati tugamasidan oldin qöllaganini ma'lum qildi.














