Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi bo‘laklari Hind okeaniga tushdi
Foto: TASS
Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi “Chanchjen-5B” bo‘laklari Hind okeanidagi Maldiv orollari yaqiniga tushdi.
Ta'kidlanishicha, raketaning aksariyat bo‘laklari atmosferada yonib ketgan.

29 aprelda Xitoy raketa yordamida o‘zining ilk koinot stansiyasi asosiy modulini orbitaga chiqargandi. 4 may kuni esa nazorati yo‘qotilgan 21 tonnalik raketa Yerga tushayotgani ma'lum bo‘lgan. Mutaxassislar qurilma bo‘laklari qayerga tushishini oldindan aytish ilojsizligini ta'kidlashgan.
Chinese Rocket while crossing the skies of #Oman #ChineseRocket #LongMarch5B pic.twitter.com/g8OAMlq8lE
— 𝓛𝓤𝓕𝓕𝓨 (@0_F_0) May 9, 2021
Chinese Rocket while crossing the sky from the Al-Jawf region in northern Saudi Arabia #ChineseRocket #LongMarch5B pic.twitter.com/9uouJF6Sbo
— 𝓛𝓤𝓕𝓕𝓨 (@0_F_0) May 9, 2021
Avvalroq Pentagon vakili Mayk Xovard CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh raketa bo‘laklari ortidan kuzatayotganini ma'lum qilgan. U, shuningdek, raketa bo‘laklarining Yerdagi obektlar ustiga qulashi ehtimolini istisno qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.
6 may kuni Pentagon rahbari Lloyd Ostin Xitoy raketasi xavfsiz joyga qulashini va AQSh uni urib tushirishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
11:01 / 04.04.2026
AI va bolalar: Xitoy xavfli texnologiyalarga chek qo‘ymoqda
07:35 / 04.04.2026
Reyting: Xitoy so‘nggi 20 yilda eng ko‘p qayerga sarmoya kiritdi?
18:28 / 01.04.2026