Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tabrik plakatlaridan birida nemis askarlari tasvirlandi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi izoh berdi
Farg‘ona shahridagi «Vatanparvarlar bog‘i»da «Xotira bor ekan – millat barhayot» so‘zlari ostida nemis askarlari rasmi tushirilgan ko‘chma plakat suratlari tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, 9 may kuni Farg‘ona shahrida Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi katta tantana bilan nishonlangan. Bayram tantanalari ichida bog‘ hududida «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining qo‘pol texnik xatosi va e'tiborsizligi oqibatida plakatlardan biriga nemis askarlari tasviri tushirilgan. Natijada, shunday holat kuzatilgan.
Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan ushbu masala shu kunning o‘zida o‘rganilgan. Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, internetdan Ikkinchi jahon urushi davri bilan oid rasmlarga qidiruv berib, yetarli bilimsizlik tufayli tasodifiy rasm olingani, plakat dizaynida foydalanilgani ma'lum bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, plakat maketini kim tayyorlaganligi, nega aynan ushbu rasm tanlanganligi, u nima uchun tasdiqlatilmagan holda o‘rnatilganligi batafsil o‘rganilib aybdorlarga keskin choralar ko‘riladi.
Qayd etilishicha, hozirda ko‘chma plakat «Vatanparvarlar bog‘i»dan olib tashlangan. O‘rniga Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbek jangchilari tasvirlangan banner o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
09:58 / 02.03.2026
Autsorsing va keytring: nega bog‘chalarda ommaviy zaharlanishlar ro‘y beryapti? – mutaxassislar bilan suhbat
19:14 / 26.02.2026