Toşkent viloyatining ayrim tumanlaridan söng, Farğona şahri boğçalarida ham bolalarning ovqatdan zaharlanişi kuzatildi. Taom yetkazib beruvçi firma viloyat hokimining qarori bilan tendersiz tanlab olingan, uning mansabdorlari sanitariya talablarini buzganlikka oid jinoyat işida ayblanmoqda. Bu bolalarni ovqatlantiriş tizimi noşaffof işlayotganiga işorami? Özi muammo nima bilan boğliq? Bunga kim javobgar? Kun.uz studiyasida ötgan suhbatda şular muhokama qilindi.
Şu kunlarda Özbekistonning ayrim boğçalarida bolalarning ovqatdan zaharlanayotgani va ularga taom yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi firmalarga jinoyat işi qözğatilib, işlar sudga oşirilayotgani tizimda ildiz muammolar hal qilinmayotganini körsatib kelmoqda.
Kun.uz nega şunday bölayotganini tuşuniş, qolaversa, özi zaharlanişlar nima sabab yuzaga kelişi, kelgusida bolalarda qanday kasalliklarni keltirib çiqarişi yuzasidan mutaxassislar bilan suhbat ötkazdi. Unda şifokor Muazzam Ibrohimova hamda gastroenterolog Zilola Hojiyeva iştirok etdi. Quyida suhbatdan ayrim muhim qismlar şarhlanadi.
Ovqatlantiriş notöğri yölda biznesga aylantirildimi?
Muazzam Ibrohimova aynan zaharlangan boğça tarbiyalanuvçilariga ovqat yetkazib beruvçi firmaning dastlab ta’sisçilari hamda loyiha mualliflaridan biri hisoblanadi. Ammo u loyiha ayrim tor doira manfaati uçun “biznes”ga aylantirilganini bildirdi. Tahririyat bu haqda avvalgi suriştiruvida ham yozgandi.
“Agar biz bu tizimni tag-tubidan tozalamaydigan bölsak va sohani tuşunadigan mutaxassislarni jalb qilmaydigan bölsak, bu davom etaveradi. Men bolalar zaharlangani haqida eşitib turib, bilasizmi, şunday şokka tuşdim. Nega yanada köproq yozmadim? Nimaga köproq kuraşmadim? Nimaga öşa yuzimga tars etib yopilgan eşiklarni tepib oçmadim, deb.
Çunki bolalar şu holatga tuşib qolişi mumkinligini özingiz aytyapsiz, ançadan beri aytib kelaman va aytiş joizki, şu hokimiyat vakillariga yiğlab ham murojaat qildim. Tahliliy maqolalar qöydim, hattoki prezidentga ham murojaat qildim, lekin afsus, heç kim javob bermadi. Hatto öşa dod deb qöygan maqolalarimga ham masxara qilgandek viloyat hokimiyatining özidan javoblar kelib turdi. Qölingdan heç narsa kelmaydi, degandek qilib turib, hamma joydan bloklab, javob yozmadi”, – deydi u.
Ibrohimova ayni muammolarga sababçi sifatida Quvasoy şahar hokimi Zafarjon Töraqulovni körsatmoqda. Uning aytişiça, hokim loyiha bilan obdan tanişib olgaç, uni tortib olgan va daromad keltiruvçi tizimga aylantirişga uringan.
“Zaharlaniş nimaga bölgan deyapsiz-a, bitta sizga misol keltiray. Har bitta mahsulotga alohida muzlatkiç, kameralar bor. Biz katta-kiçik qilib, öşa 30 mingta bolaga möljallangan 27 yo 28 ta kamera, muzlatkiç qöyganmiz. Hammasi alohida edi. ‘Opa, nimaga bunaqa kameralar köp?’ deganda aytganman, ‘Agar Xudo körsatmasin, bitta brutsellyozli tuxum boşqa mahsulotning içiga tuşib qolsa yoki bir boşqa bir zaharli kiçkina nimadir tuşib qoladigan bölsa, [zaharlaniş yuzaga kelişi mumkin]. Bu yerda 30 ming bolaga ovqat tayyorlaşni möljallayapsizlar’, deganman. Keyin, ‘Nimaga otboroçniy lenta qöyyapsiz, nimaga mana bunaqa laboratoriya, siz loyihani qimmat qilib taşlayapsiz?’ deganda aytganman, heç kimning, hatto, katta xolasining ham buzilgan, aynigan, çirigan mahsuloti bu yerga kirmaydi. Mana şu yerda şu laboratoriya avtomatik saralab taşlaydi”, deganman.
Va agar şu yerga buzilgan, aynigan mahsulot kiradigan bölsa, server qilganmiz. Qani serverlari? Server bölişi kerak, çunki bu yerga kirayotgan hamma mahsulot ota-onalarga ham kodi bilan körinib turişi kerak bölgan. Va hukumat ham, xohlasa prezident, xohlasa ota-ona içkarini kuzatib turadigan oçiq sistema joy qilganmiz. Lekin bittasi ham qöyilmadi, u yerda nima qoldi? Siz bitta kirib, içkariga tekşirib köring-da. Biz öşa har bitta bolaga individual yondaşuv böladi, har bitta kasallik inobatga olinadi degandik”, – deydi Ibrohimova.
Şifokorning ta’kidlaşiça, umumiy idealda boğçaga ovqat yetkaziş tizimi joriy etilgan hozirgisidan tubdan farq qiladi.
Bu – butun tizimning aybi
Zilola Hojiyeva rivojlanayotgan mamlakat uçun boğçada bolalarning zaharlanişi uyatli holat ekanini, bundagi asosiy taşvişli masala oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazilişi bilan boğliqligini bildirdi.
“Bugungi kunda köp narsalarga imkoniyat oçilib, yaxşi rivojlanib bormoqda, lekin öylaymanki, bu yoqda asosan muammo bölgan vaziyat mana şu oziq-ovqat mahsulotlarining sifat nazorati sustligi yoki oziq-ovqat mahsulotlarini transportirovka, ya’ni olib kelib beriş, yetkaziş xizmati qanday darajada nazoratga olinganligi yoki mana şu yetkaziş jarayonida ularning qanday saqlanganligi taşvişga soldirdi. Çunki nimaga deganda, bilamizki, har qanday mahsulotlar boğça, maktablarga bölsin, ular juda qat’iy, kuçli sifat nazoratidan ötişi kerak. Uning saqlaş muddati, harorati, yetkaziş holatlari, öşa tayyorlangandan keyin uni qança muddatga xona haroratida saqlaş, mana şu köpgina qoidalarning yoki tizim sifatidagi ketma-ketligining buzilişi natijasida kelib çiqdi deb öylayman.
Öylaymanki, ayb kerakli şu sohaga oid yoki sifat nazoratini boşqaruvçi mutasaddilarning befarqligida böldi. Çunki, bilasizmi, bitta kiçkina xodim bir narsani hal qilib, aybdor bölib qola olmaydi. Bu yerda katta, yirik tizim sifatida işlaş kerak. Şuning uçun bu yoqda ayb bir odamda emas, jamoaviy işda, tizimda ovqatni işlab çiqariş, mahsulotlarning xavfsizligi, yetkaziş, bolalar salomatligiga qançalik zarar, zararsizligini baholaş xizmatining sust işlaganligida deb öylayman. Bunga faqatgina öşa korxona, boğça, maktab rahbariyati emas, balki, qisman bizning soğliqni saqlaş tizimida ham qandaydir örinda javobgarlik bölgan”, – deydi u.
Hojiyevaning aytişiça, zaharlaniş özi 3 ta: kimyoviy, biologik, fizik yöl bilan yuzaga keladi. Farğonadagi keysda ham şulardan biri sodir bölgan bölişi mumkin.
“Bu, masalan, biologik faqat bakteriya, viruslar emas, kimyoviy pestitsidlar yoki har xil hozirgi kunda köp çiqib ketgan yuvuvçi vositalarning mahsulotlarning tarkibiga tuşib qolişi ham, yoki qaysidir jismlar, fizik yöl bilan yuqadi. Mana şu narsalarning kiçik bölagi tuşib qolişi natijasida ham bola organizmida yetarliça oğir infeksion holatlar yoki yetarliça oğir ovqatdan zaharlaniş keltirib çiqaradi. Va bu bolaning hayotiga nega xavfliroq kattalarga nisbatan? Çunki uç yoşdan yetti yoşgaça bölgan boğça yoşidagi bolalarda immun tizimi biroz kattaroq yoşdagi bolalar yoki kattalarga nisbatan sustroq, hali takomillaşmagan böladi. Şuning uçun ularning bunday holatda kuraşuvçanlik qobiliyati biroz sustligini hisobga olgan holatda, judayam ehtiyot bölişimiz kerak”, – deydi Hojiyeva.
Uning qöşimça qilişiça, yetkazib beriş çoğida ham oziq-ovqatning joylaşuvi katta ahamiyatga ega. Deylik, olma va xom göşt mahsulotlari yonma-yon kelişi mumkin emas. Mana şu holatning özida ham zaharlaniş yuzaga kelişi mumkin.
Şuningdek, suhbatda aslida boğçalarda bolalar qanday taomlantirilişi kerakligi hamda menyu, ratsionlarning tarkibi ham muhokama qilinadi.
Töliq videoni yuqoridagi havola orqali kirib tomoşa qilişingiz mumkin.











