Soliq qo‘mitasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmasdan to‘xtatildi
Tomonlar o‘rtasidagi nizo sudgacha olib bormasdan hal qilingan.

Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev uchrashdi.
«Muzokaralar davomida yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi. Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya'ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta'kidlandi. Masalani sudgacha olib bormasdan, to‘xtatishga qaror qilindi», deyiladi qo‘mita rasmiy xabarida.
Deputatning o‘zi ham telegramdagi kanalida qo‘mita vakillari sudga kiritilgan da'vo arizasi qaytarib olinganini tasdiqlagan.
«Kecha Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari bilan uchrashdik. Muzokaralar yakunida Qo‘mita kasaba uyushmasi suddan menga qarshi kiritgan da'vo arizani qaytarib olishini bildirdi», deyiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, DSQ Rasul Kusherbayevdan soliq organlariga ma'naviy zarar yetkazganligi uchun 4,6 milliard so‘m miqdorida ma'naviy zarar undirilishini va deputat ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berib, kechirim so‘rashini talab qilib, deputatni sudga bergandi.
Bunga deputatning «Human.uz» axborot portalidagi «So‘z blogerlarga» ko‘rsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz so‘zlari sabab sifatida ko‘rsatilgandi.
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida, deputat ommaviy axborot vositalarida qilgan chiqishida davlat organlari va boshqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llashga, asossiz ayblovlarga yo‘l qo‘yishga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida shunday fikrlar mavjud bo‘lsa, deputat o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini oshkora tan olishi va kechirim so‘rashi kerakligi belgilangan», – deyilgandi qo‘mita xabarida.
Avvalroq Toshkentdagi soliq organlari 3 oy ichida 15 ta sudda yutqazgani ma'lum qilingandi.
Keyinroq Soliq qo‘mitasi OAVni soliqchilarning sudlardagi ishtirokiga oid masalani bir yoqlama yoritishda ayblagandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

23:01 / 20.04.2025
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIBga chaqirildi

14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi

14:41 / 18.01.2025
“Yo‘lovchi ovozini ko‘tarib, janjal chiqargan” – Wizz Air Kusherbayev masalasi yuzasidan munosabat bildirdi

17:27 / 08.01.2025