1 avgustdan e’tiboran ekologik huquqbuzarliklar uçun jarimalar miqdori ham oşdi. Xöş, jarimalar ekologiyani qutqaradimi va biror ijobiy natijaga sabab bölyaptimi? Kun.uz bilan suhbatlaşganlar fikriça, muammo jarimada emas, balki şu moddiy jazoning hammaga teng qöllanmayotganida. Orqasida odami yöqlarga bemalol qöllayapmiz, deydi vazir maslahatçisi Rasul Kuşerbayev.
Suhbatda qatnaşganlar fikriça, ekologik huquqbuzarliklar uçun jarimalar bölişi – mutlaqo normal, lekin şu jarimalar kimga solinib, kimga solinmayotgani – eng katta muammo. Masalan, hukumatda yoki yuqori taşkilotlarda taniş-bilişlari bor katta tadbirkorlar bitta qönğiroq bilan jarimalardan qutulib qolayotgan holatlar ança. Lekin olis qişloqdagi bitta daraxt kesgan, faqat maoş bilan kun köruvçi oddiy xalq vakili şu jarimani tölaşga majbur. Demak, tengsizlik bor ekan – heç qaçon natija bölmaydi.
Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayevga köra, ayniqsa, daraxtlarni kesiş masalasida vazirlik hamda xodimlar katta bosim bilan işlaydi.
“Ayniqsa şu tadbirkorlar özini oppoğim deb öylamasin, ana şular böladi millatning zuluklari. Bular aslida heç kimni tan olmaydi, tepaga bitta qönğiroq qilib işini hal etadi. Bizning ham xabarimiz bor Toşkentda bitta daraxtning kesiliş stavkasi qança, viloyatda qança. Uşlay olmayotgan odamlarimiz ham bisyor”, deydi sobiq deputat.
Jamiyatşunos, etnopsixolog Mahmud Yöldoşev fikriça, Özbekistonda farroşlik ştatlari sonini oşiriş yoki maktablarda, majlislarda tinmay tabiatni asraş haqida leksiya öqiş bilan heç qanday natijaga erişib bölmaydi. Davlat özining qattiq qonunlari, katta jarimalari va hammaga teng bölgan qoidalari bilan buni tartibga solmas ekan, biz biror natijaga erişmaymiz, deydi jamiyatşunos.
Bundan taşqari, odamlarning psixologiyasi va ruhida ham ekologik madaniyat avtomatik örin olişi kerak. Bolani olib ketayotganda çiqindini maxsus idişlarga soliş, tabiatga zarar bermaslikka örgatiş – qon-qonimizga singişi darkor.
Adolat Mukus – Turkiya fuqarosi, bundan qariyb 20 yil avval ekologiyadagi muammolar, allergiya va ob-havoning noqulayligi ortidan Özbekistonni tark etgan. U havodagi çang miqdori haddan ziyod ortiqligidan şikoyat qiladi.
“Özbekistonda negadir çang juda köp, tomoğimiz çangdan töladi. Men Vatanimni yaxşi köraman, yaşagim keladi. Uzoq muddatdan keyin keldim, özgarib ketibdi, çiroyli bölib ketibdi. Lekin ekologik şart-şaroitlari oğir, şuning uçun ham yaşaş qiyin”,











