WizzAir aviakompaniyasi Özbekistonga xizmat körsatuvçi har bir havo kemasida bort kuzatuvçi va xizmat körsatuvçi personallar özbek tilida faoliyat yuritişini yölga qöyadi. Bu haqda Rasul Kuşerbayevning arzini örganib çiqqan Raqobat qömitasi ma’lum qildi.

WizzAir aviakompaniyasi Özbekistonga amalga oşirgan reyslarida özbek tilida ham xizmat körsatişni ta’minlaydi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ma’lum qildi.

Qömita xabariga köra, sobiq deputat Rasul Kuşerbayevning «Samarqand-Abu-Dabi» yönalişi bilan «WizzAir» aviakompaniyasi tomonidan körsatilgan xizmatlarda muammoga duç kelgani yuzasidan murojaati körib çiqilgan.

«Raqobat qömitasining olib borgan örganişlarida murojaatçining uçiş davrida aviakompaniyaning ekipaj a’zolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumot berilgani, bu qoidalarni özbek va rus tillarida tuşuntirib berişlari söralganida xodim tomonidan unga nisbatan qöpol muomalada bölingani, bortni tark etiş talab qilingani va şu tarzda fuqaro mazkur reysda Abu-Dabiga yetib borgani ma’lum böldi.

Qömita tomonidan Transport vazirligiga örganişlar yuzasidan sörov xati yuborildi. Natijada özboşimçalik bilan xatti-harakatlarni amalga oşirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan çora körildi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, WizzAir aviakompaniyasi 2025 yilda Özbekistonga xizmat körsatuvçi har bir havo kemasida bort kuzatuvçi va xizmat körsatuvçi personallar özbek tilida faoliyat yuritişini yölga qöyadi.