Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni podshohi va valiahd shahzodasi o‘z tana a'zolarini donorlikka berishga qaror qildi
Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov
85 yoshli Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va uning 35 yoshli o‘g‘li – valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud Tana a'zolari transplantatsiyasi markazining donorlik maqsadida o‘z tana a'zolarini taqdim qilish dasturidan ro‘yxatdan o‘tdi. Ota-o‘g‘il bu bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishga qaror qilgan.
«Mamlakat yetakchilarining tana a'zolari donorligi dasturiga yozilish qarori ularning podshohlik barcha fuqarolari va xorijiy rezidentlarini donorlik maqsadida o‘z tana a'zolarini berish uchun ro‘yxatdan o‘tishga undash istagini ko‘rsatadi. Chunki bu hayoti tana a'zolari transplantatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan bemorlarga umid bag‘ishlaydi», deb aytilgan xabarda.
Podshoh Salmon buyrak yetishmovchiligiga ega bemorlar aziyatlarini yengillashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni tana a'zolari transplantatsiyasi markazini tashkil etish ustida shaxsan o‘zi ishlagan. 1985 yilda tashkil etilgan markaz dastlab Buyraklar milliy jamg‘armasi deb atalgan. Markaz donorlar doirasini kengaytirish muhim deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026