11:52 / 18.05.2021
17768

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidan avvalgi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi

Iyun oyida JCh-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni milliy jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov rasmiy o‘yinlar oldidan o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi. 

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘inda bosh murabbiy ro‘yxatida bo‘lgan futbolchilardan Oston O‘runov va Jasur Yaxshiboyev jarohat sababli ishtirok eta olmaydigan bo‘lishdi. Legionerlar o‘z birinchiliklaridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda milliy jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi. Yig‘inlar natijasiga ko‘ra Saudiya Arabistoniga boradigan yakuniy ro‘yxat taqdim etiladi. 

Kengaytirilgan tarkib: 
Darvozabonlar:
Abduvohid Ne'matov («Nasaf»), Valijon Rahimov (OKMK), Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Ravshan Yagudin («Bunyodkor»). 

Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Hojiakbar Alijonov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Farrux Sayfiyev (hammasi «Paxtakor»), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Azim Ahmedov («Navbahor»), Islom Qobilov («Lokomotiv»), Islom To‘xtaxo‘jayev («Qizilqum»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Oleg Zoteyev («Chonnam Dragons», Janubiy Koreya), Rustam Ashurmatov («Kanvon», Janubiy Koreya).

Yarimhimoyachilar: Odil Ahmedov («Tsanchjou Mayti Layons», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja»), Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov (ikkalasi «Shabob Al Ahli», BAA), Jamshid Iskandarov («Seongam», Janubiy Koreya), Ikrom Aliboyev («Tedjon», Janubiy Koreya), Doston Hamdamov («Hatta», BAA), Vagiz Galiulin («Nefteximik», Rossiya), Abror Ismoilov,  Hojimuhammad Erkinov, Sharof Muhiddinov (hammasi «Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Husniddin G‘ofurov, Sanjar Shoahmedov (OKMK), Javohir Qahramonov, Iskandar Shoyqulov («So‘g‘diyona»), Lutfullo To‘rayev («Bunyodkor»), Sanjar Qodirqulov («Lokomotiv»).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Jyenoa», Italiya), Igor Sergeyev («Oqto‘be», Qozog‘iston), Shahzod Ubaydullayev («Shaxtyor», Belarus), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»), Shohruz Norxonov («So‘g‘diyona»), Farrux Ikromov («Bunyodkor»).

Top