Vaşingtondagi siyosatçilar Isroilning Ğazo sektorida amalga oşirayotgan işlarini keskin tanqid qilib çiqişmoqda. Bu haqda Amerikada faoliyat körsatuvçi jurnalist Behzod Mamadiyev feysbukdagi sahifasida yozdi.

AQŞ siyosatçilari orasida Isroilni tanqid qiliş u yoqda tursin, hatto unga nisbatan mavjud hukumat siyosatini savol ostiga oliş ham yaqin-yaqingaça imkonsiz bir iş edi.

Endi bu an'ananing ildiziga qurt tuşa boşlagandek. Kongressdagi musulmon qonunçilardan biri Raşida Tolib ötgan hafta Vakillar palatasida çiqiş qilib, Isroilni aparteid (ayirmaçi) rejim deb atadi. Falastinlik muhojirlar farzandi bölgan bu qonunçi ğazolik bir ona yozgan xatni közida yoş bilan öqib berdi:

«Bugun bolalar bilan bir xonada uxladik. Çunki ölsak, birga ölaylik. Toki ortimizda qaysidir birimiz omon qolib, boşqa ölganlar uçun ezilib motam tutmasin...»

Raşida Tolib, şuningdek, Tvitter orqali qilgan çiqişida öz partiyadoşi prezident Jo Baydenni keskin tanqid qildi.

«Agar otaşkesimni (otişmalar töxtatilişini) xohlasangiz, BMT Xavfsizlik Kengaşi yölini tösmasdan boşqa davlatlar qatoriga qöşiling. Aparteid rejim rahbari Netanyahu yaxşi gapga könmaydi. U uruş jinoyatlarini sodir etadi va xalqaro huquqni oçiqçasiga poymol qiladi», deb yozdi u.

Ötgan saylovda prezidentlik uçun nomzodini qöygan demokrat senator Berni Sanders ham New York Times naşrida AQŞ siyosatini tanqid qiluvçi maqolasini e'lon qildi.

«Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega ekan, buni tuşunamiz. Lekin falastinliklarning huquqi yöqmi? Nega heç kim bu haqda söramaydi?» deya s tutdi u.

Yahudiy millatiga mansub Sanders ixtilofning sababi HAMAS otgan raketalar emas, balki Isroilning kuçayib borayotgan bosqini va zulmi ekaniga e'tibor qaratdi.

«Har yili Isroilga berilayotgan qariyb tört milliard dollarlik harbiy yordamni qayta körib çiqiş kerak; AQŞ tomonidan inson huquqlari buzilişining qöllab-quvvatlanişi noqonuniy», dedi u.

Yana bir demokrat qonunçi Aleksandriya Okasio-Kortes AQŞni ikki yuzlamaçilikda aybladi.

U Tvitterda Ğazodagi binolardan birining vayron qilinişi aks etgan videoni bölişib, «Bu işlar AQŞ yordami bilan bölyapti. Kim nima desa desin, AQŞ otişmani töxtatiş böyiça BMT çaqiriğiga veto qöydi. Bayden ma'muriyati öz ittifoqdoşiga qarşi tura olmasa, kimga qarşi tura oladi? Qanday qilib ular inson huquqlarini himoya qilyapmiz, deb da'vo qila oladi?» deb yozdi.

U, şuningdek, boşqa bir tvitida «Aparteid davlatlar demokratiya emas», dedi. Bu bilan u «Isroil Yaqin Şarqdagi yagona demokratiya» deya keng tarqalgan qaraşni rad etdi.

Kongressdagi yana bir musulmon qonunçi, demokrat Ilhan Umar ham Baydenni ayab ötirmadi. U prezident nutqida falastinliklar tilga olinmaganidan hafsalasi pir bölganini aytdi.

«Şayx Jarra (Şarqiy Quddusning falastinliklar quvib çiqarilayotgan mahallasi) tilga olinmadi. Al-Aqsoga qilingan reyd tilga olinmadi. Havo hujumlarida öldirilgan begunoh 13 bola tilga olinmadi. Millionlab odamlar ustidan oçiq qamoqxona şaklida davom etayotgan bosqin tilga olinmadi. Siz inson huquqlariga diqqat qaratmayapsiz. Siz mustabid bosqinning yonini olyapsiz», deb yozdi u.

Falastinda boşlangan sönggi töqnaşuvlar Bayden ma'muriyati uçun jiddiy sinov böldi. Qator masalalarda progressiv siyosat yuritib, köpçilikning olqişini olgan yangi prezident Isroilga kelganda eski an'ana va siyosatga sodiq qolişni ma'qul topdi: falastinliklar nolasiga quloq tutmay, Isroilni bir taraflama qöllab-quvvatlaşda davom etdi.

Ammo vaziyat özgarayotgandek. Kapitoliydagi oliy minbarlarda Isroilga qarşi ilgari heç eşitilmagan tanqidlar yangramoqda.

Bu bayonotlar amalda AQŞ siyosatida biror özgariş yasay oladimi? Buning yaqin orada röy berişi ehtimoli deyarli yöq, ammo Isroilga «heç qanday şartlarsiz berilayotgan doimiy himoya» qaçondir tugaşi aniq. Çunki botilni uzoq vaqt yaşirib, himoya qilib bölmaydi.