Isroil keyingi «Yevrovideniye»da iştirok etadi, u 2026 yil may oyida Vena şahrida ötkazilişi kerak. Jyenevada payşanba kuni, 4 dekabrda bölib ötgan «Yevrovideniye» muassisi bölgan Yevropa teleradiodasturlar ittifoqi (YeVS) boş assambleyasining sessiyasida delegatlarning köpçiligi tanlov ötkaziş qoidalarini özgartiriş uçun ovoz berdi. Yangiliklarning maqsadi — konkursni kamroq siyosiylaştiriş.

«Yangi qoidalar tanlovga işonçni, uning oçiqligi va neytral tabiatini mustahkamlaşi kerak», — deyiladi Yevropa teleradiodasturlar ittifoqi bayonotida. Press-relizning keyingi qismida şunday tuşuntirilgan: «Ovoz beriş natijalariga köra, “Yevrovideniye-2026”da iştirok etmoqçi bölgan va yangi qoidalarga rozi bölgan barça YeVS a’zolari tanlovda qatnaşiş huquqiga ega böladi».

Assambleya delegatlarining köpçiligi qoidalarni özgartiriş uçun ovoz bergani sababli, Isroilning «Yevrovideniye»da iştirok eta olişi masalasi kun tartibidan olib taşlandi. Siyosiy omillar — masalan, tarğibot va qöllab-quvvatlaş kampaniyalarining ta’sirini çeklaşga qaratilgan çoralardan taşqari, milliy hay’at a’zolari ham köproq huquqqa ega böldi. Ular bergan baho yarim finallar vaqtida ham hisobga olinadi. Köp jihatdan aynan tomoşabinlar ovozi tufayli Isroil vakilasi Yuval Rafael 2025 yil Bazelda ötgan «Yevrovideniye»da ikkinçi örinni egallagan edi.

Sönggi tanlov — Şveytsariyada bölib ötgan musobaqada ham, şuningdek 2024 yil Şvetsiyaning Malme şahridagi «Yevrovideniye»da ham Isroil iştirokini boşqa mamlakatlar vakillari norozilik bilan qarşi olgandi. Ular şunday tarzda Isroil armiyasining Falastinning Gaza sektoridagi harbiy harakatlariga qarşiligini bildirgan. Uruş minglab tinç aholi qurbon bölişi va keng kölamli vayronagarçilikka olib kelgan. Harbiy operatsiya 2023 yil oktyabrida hamasçilarning hujumiga Isroil tomonidan berilgan javob edi. U hujum natijasida 1200 dan ortiq inson halok bölgan.

Yevropa teleradiodasturlar ittifoqi qarori e’lon qilingaç, Niderlandiya, Irlandiya, Ispaniya va Sloveniya telekompaniyalari Isroil iştirok etayotgani sababli «Yevrovideniye»ni boykot qilişini ma’lum qildi. YeVS a’zolari — davlatlar emas, balki tele- va radiokompaniyalar. Aynan şu kompaniyalar, milliy hukumatlar emas, tanlovda iştirok etiş yoki etmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Germaniyaning ARD tele- va radiokompaniyasi Yevropa teleradiodasturlar ittifoqi qarorini ijobiy qarşi oldi. Avvalroq Isroilning «Yevrovideniye»da iştirok etişini qöllab-quvvatlaşini Germaniya kansleri Fridrix Mers va madaniyat işlari böyiça davlat ministri Volfram Vaymer ham bildirgan edi.

Belarus va Rossiya vakillari 2021 va 2022 yillardan beri «Yevrovideniye»da iştirok etmayapti. Bu mamlakatlar telekompaniyalari tanlov qoidalari va qadriyatlariga mos kelmagani uçun undan çetlaştirilgan.