Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DP World Toshkent viloyatida yirik logistika markazi quradi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovning Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi rahbariyati vakili, raqamli texnologiyalar va logistika bo‘yicha bosh operatsion direktori Mayk Bhaskaran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahrida “quruq port”ni yaratish loyihasi doirasida Toshkent viloyatida yirik logistika markazi va erkin iqtisodiy zonani qurish, shuningdek, Toshkent shahri va mamlakat hududlarida logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu O‘zbekiston hududidan o‘tadigan yuk tashish hajmini karrasiga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarining chet el bozorlariga chiqishini soddalashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda asosiy logistika markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlash imkonini beradi. Loyihaning amaliy bosqichiga o‘tish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat barcha ishtirokchilarining yagona tizimga integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. BAA tomoni bu sohadagi ilg‘or dasturiy-texnologik yechimlarni taqdim etishga va ularni O‘zbekistonda joriy etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv doirasida Dubay amirligi hukumati tashabbusi bilan joriy etilgan “World Logistics Passport” xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Tegishli bitimni shu oy oxirigacha imzolashga kelishildi.

Ma'lumot uchun, “World Logistics Passport” rivojlanayotgan bozorlar o‘rtasida savdo imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro dasturdir. Tashabbus yuk tashish xarajatlarini optimallashtirish va vaqtini qisqartirish orqali xalqaro savdodagi notarif to‘siqlarni bartaraf etish va logistika zanjiri samaradorligini oshirishga qaratilgan. 2019 yilda ishga tushirilganidan buyon dastur o‘z ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalari hajmini 10 foizga ko‘paytirish imkonini berdi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026