«Internetga çiqdi degani muammo hal böladi deganimas» - Buxoro viloyati prokurori bilan suhbat
|19:45 / 19.05.202121 45319 min
Hududlar sektorlarga bölinib boşqarilayotganiga ham ma'lum bir vaqt bölib qoldi. Boşqaruvning yangi usuli köpçilikda turli savollar paydo qilayotgani ham haqiqat. Kun.uz jamoasi Buxoro viloyatiga safari davomida viloyatning yangi prokurori hamda prokuratura mas'ul bölgan ikkinçi sektor faoliyati bilan ham tanişdi.
Buxoro viloyati prokurori Mahmud Şuhratoviç Istamov bu lavozimga tayinlanganiga köp bölmadi. Qiziği — u ilgari umuman prokuratura sohasida işlamagan.
1979 yilda tuğilgan, Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos bölgan Mahmud Istamov mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligida katta maslahatçisi lavozimida boşlagan.
2006-2014 yillarda Özbekiston prezidenti devoni inspektori, yetakçi inspektor, 2014-2019 yillarda Özbekiston prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiliş şu'basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunçilik şu'basi mudiri, adliya vaziri örinbosari, adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U 2019 yil 23 iyulda Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari lavozimiga saylangan.
— Mahmud Şuhratoviç, siz umuman boşqa tizimdan, Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimidan Buxoro viloyat prokurori etib tayinlandingiz. Bu tayinlov köpçilik uçun, balki özingiz uçun ham kutilmagan böldi. Lavozimga tayinlanganingiz qanday bölgan? Qanday qabul qildingiz bu tayinlovni?
— Haqiqatan ham, bu tayinlov özim uçun kutilmaganda böldi. Taklif böldi, avvalambor, öylanib qoldim, yurist bölganim bilan, şu huquq-tartibot sohasida, boşqa idoralarda işlaganim bilan bu yangi sohani eplarmikinman, degan fikr ham xayoldan ötdi.
Lekin davlatimga qaysi sohada kerak bölsam, xalqqa qayerda köproq foydam, yordamim tegadigan bölsa, öşa sohada işlaşga rozilik bildirdim. Prezident işonç bildirganidan keyin boşqa yöl ham yöq, faqat fidoyilik bilan, sadoqat bilan halol-pok işlab, xalqning işonçiga sazovor böliş, bu yölda yaratganning özi qöllab-quvvatlasin. Özi töğri yöldan adaştirmasin, degan niyatda iş boşladim.
— Prokuratura tizimida odatda özi tuğilib ösgan viloyatga prokuror etib tayinlanişi kamdan-kam uçraydigan holat. Siz Buxoro farzandisiz. Öz yurtingizda viloyat prokurori lavozimida işlaş qiyinçilik tuğdirmaydimi? Buxorodagi eng asosiy missiyangizni nimada köryapsiz?
— Endi qiyinçilik tuğdiradi demayman-ku, köproq menimça, mas'uliyat yuklaydi. Çunki şu yurt farzandi bölgaç, yaqinlar şu yurtda yaşayotganidan söng, har bir qadamingizni öylab bosasiz, qabul qilayotgan qaroringizni adolat nuqtayi nazaridan töğri bölyaptimi yöqmi deb, yetti ölçab bir kesasiz, albatta.
Mavzuga oid
Özi bugungi kunda bir qaraydigan bölsak, mana şu xalq orasida prokuratura deganda, har doim yaxşi fikr şakllanmagan. Yomon stereotiplar saqlanib qolgan.
Boşqa tizimdan kelgan bölsam ham, aytişim mumkinki, tizimda juda köp fidoyi va sodiq insonlar işlaydi. Qonuniylik nuqtayi nazaridan sadoqat bilan işlaydigan insonlar bor va ularning işini körsatiş, yuqorida ta'kidlaganimdek, yomon stereotiplarni yöqotib, prokuraturaning obröyini oşirib, xalq işonçiga köproq sazovor bölişni asosiy missiya, deb hisoblayman.
Qançalik bölsa ham xalqning roziligini oladigan bölsak, odamlarning prokuratura idoralariga nisbatan işonçini orttiradigan bölsak, bu vazifa bajarilgan, deb hisoblayman. Buning uçun biz butun jamoa bilan katta iş boşlaganmiz.
— Uç oyga yaqin vaqt davomida viloyat prokurori lavozimida işlayapsiz. Viloyatdagi qonuniylik ahvoliga taşxis qöyişga ulgurdingizmi? Qonuniylikni ta'minlaşdagi eng katta xavf, eng korrupsiogen sohalar qaysilar? Qanday turdagi jinoyatlar ösib boryapti? Korrupsiya, jinoyatçilikka qarşi kuraş masalasida eng katta çaqiruv bugungi kunda nima?
— Avvalambor, tayinlangandan keyin vaziyatni önglaş uçun birinçi galda fuqarolar qabuli bilan şuğullandim. Sayyor qabullar böldi. Asosiy maqsad fuqarolardan biliş, qaysi sohada qanday muammolar borligini örganiş va ularning yeçimi böyiça manzilli işlaş masalasi köndalang böldi. Hozirgaça, mana, 400dan ortiq fuqaroni bevosita qabul qilgan bölsam, Buxoro viloyatidagi eng katta muammolar yer ajratiş, quriliş sohasi, kredit ajratiş va iş bilan ta'minlaş bilan boğliq muammolar.
Umuman olganda, bugungi kunda viloyat prokuraturasi bilan, jamoa bilan birgalikda korrupsiyaga qarşi kuraş masalasini birinçi navbatdagi vazifa qilib qöydik. Mana şu uç oylik davr hisobiga 39ta har xil tadbirda 18ta korrupsion jinoyatni oçiş va bartaraf qilişni yölga qöydik. Bu ötgan yilgi davr bilan soliştirilganda 50 foizga köp va bu masalada, albatta, huquq-tartibot idoralari bilan ham juda yaxşi aloqa yölga qöyilgan. Eng asosiysi — boş prokuror ham bizdan şu narsalarni talab qilyapti va Buxoro viloyati hokimi Botir Komiloviç Zaripov menga viloyatni korrupsiyadan tozalab bergin, degan masalani qöyyapti. Biz bu yönalişda korrupsiyaga qarşi katta uruş e'lon qilganmiz.
Jinoyatçilik masalasini tahlil qiladigan bölsak, bugungi kunda meni eng taşvişlantiradigan narsa — firibgarlik jinoyatining keskin oşib borayotgani. Çunki 2019 yil bilan 2020 yilni soliştiradigan bölsak, bunday jinoyatlar körsatkiçi 90 foizga oşgan. 2020 yilning birinçi çoragi bilan 2021 yilning dastlabki çoragini soliştiradigan bölsak ham ösiş qariyb 100 foiz.
Eng asosiy yönalişlar — bu uy oldi-sotdisi, qarz oldi oldi-berdisi, işga joylaştiriş, çet elga öqişga yuboriş, maşina olib beriş kabi firibgarlik jinoyatlarini sanaş mumkin. Bu esa kişida şunday tasavvur uyğotadi, göyoki şarif şahrimizni butun bir firibgarlar makon qilib olganday. Masalaning ma'naviy tomoni ham bor, lafz, harom luqma degan tuşunçalar bor. Mayli, bu tomoniga diniy ulamolar baho beradi. Lekin qaysidir, odamda kimnidir aldab pulini olib firibgarlik qilaman, desa biz bunga qat'iylik bilan kuraşamiz. Kimdadir jazosiz qoliş fikri bölsa, u adaşyapti. Biz bu masalaga qonun doirasida qattiq kuraşamiz.
— Ijtimoiy tarmoqlarda tergov, sud faoliyatidan norozi bölganlarning çiqişlari köpayib ketgandek. Odamlar öz muammosini yeçişda şu instrumentdan köproq foydalanayotmoqda. Buning sababi nimada deb öylaysiz? Bunday çiqişlar böyiça viloyat prokuraturasida qandaydir alohida çoralar köriladimi?
— Endi, bunday hollar uçun alohida çora körilmaydi, oddiy murojaat qanday böladigan bölsa, internetdagi ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatni ham şunday tartibda körib çiqamiz. Faqat qöşimça qiladigan işimiz — lozim deb topsak, har bir çiqişga rasmiy munosabat bildirişimiz mumkin.
«Masala internetga, ijtimoiy tarmoqda çiqibdi», degani — bu masala uzil-kesil hal böladi degani emas, bunday qaraş juda notöğri. Çunki, yaqinda qabulimga kelgan fuqaro «Men Youtube tarmoğiga çiqariş uçun blogerga 5 million söm berdim. Endi bu muammoni hal qilib bermaysizlarmi?» dedi. «Öşa pulni blogerga emas, advokatga berganingizda balki töğri iş qilgan bölar edingiz», dedim.
Töğri, bloger öz blogida çiqaradi. Lekin qonun yöl qöysagina bu muammo hal bölişi mumkin. Agar qonun yöl qöymasa, yuzlab marta çiqiş qilsa ham, u hal bölmaydi. Şuning uçun biz har qanday murojaatga bölgani kabi, internetdagi çiqişlarga ham şunday munosabat qilamiz.
Bu bugungi kunning voqe'ligi. Buni töğri qabul qilişimiz kerak. Bu söz va fikr erkinligi namunasi. Har kim öz haq-huquqini talab qilişi uçun qonun taqiqlamagan har xil instrumentdan foydalanişi mumkin. Bunday fuqarolar ham foydalanyapti, normal holat. Lekin baribir qanday örganilişidan qat'i nazar, qonun asos qilib olinadi.
Albatta, vaqt ötadi va biz mana şu bosqiçdan ham ötamiz. Jamiyatimizning özi buning saragini sarakka, puçagini puçakka çiqaradi.
Blogerlarning işi qonuniymi, degan savolga javob beradigan bölsak, bloger unga masalani hal qiliş va'dasini bermayapti. U öz blogida murojaatni e'lon qilib, buning uçun qandaydir haq, moddiy mablağ olyapti. Bu yerda qonunbuziliş holati yöq. Lekin odamlarimiz bir narsani tuşunişi kerakki, bloger-jurnalistlarga emas, balki ularga köproq işonç bölayotgandir, lekin köproq advokatlarga murojaat qilsa, masalasi imkon qadar qonuniy yeçim topadi. Mana şuni odamlarga yetkaziş lozim, deb bilaman.
Ayrim hollarda odamlar özini nohaqligini bilib turib «men internetga çiqsam, ijtimoiy tarmoqqa çiqsam — masalam foydamga yeçim topadi, degan fikrda bölişi mumkin. Şu maqsadda blogerlarning xizmatidan foydalanişi mumkin. Bu — uning huquqi. Lekin bu mutlaqo töğri yeçim emas. Töğri yeçim — advokat yollab, sudda masalani hal qiliş.
Viloyat prokurori har bir narsaga pragmatik yöl izlaş tarafdori ekanligi ayon böldi. Biroq, fuqarolarning yuridik yöl bilan emas, ijtimoiy tarmoq orqali rezonans hosil qilib qilayotgan çiqişlari iş berayotgani ham haqiqat. Biz ana şunday murojaatçilardan biri — Buxoro şahrining sobiq prokurori Jasur Fozilovning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan çiqişi va uning keyingi taqdiri haqida ham savol berdik.
— Endi haqiqadan ham şunaqa: Buxoro şahar prokurori Jasur Fozilov ötgan yili dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Boş prokuraturaning içki xavfsizlik inspeksiyasi harakatlaridan norozi bölib, prokuratura rahbariyatiga nisbattan turli ayblovlar bilan çiqib, respublika komissiyasi tuzişni talab qildi va uning talabi bajarildi.
Prezident Administratsiyasi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Senat va boşqa taşkilotlar iştirokida respublika kommisiyasi tuzildi, holatni örgandi. Komissiya barça holatni adolatli örganib, xulosa qildi.
Natijada, Boş prokuror buyruği bilan Jasur Fozilov jinoyatga aloqasi bölmagan şaxslarni tergovga jalb qilgani uçun unga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qöllandi. Men viloyatga prokuror etib tayinlanganimdan söng, u öz xohişi bilan şahar prokurori lavozimidan ozod etiş haqida ariza yozdi. Uning arizasi qoniqtirildi. Hozirda Jasur Fozilov işdan böşatilmagan, kadrlar bölimi ixtiyoriga berilgan. Uning masalasi kun tartibidan tuşgani yöq, körib çiqilmoqda.
Biz Buxoro şahridagi 2-sektor ştabiga keldik. Bu yerda turli taşkilotlarning vakillari ham fuqarolar bilan işlaşda yordam berişar ekan. Prokuror qisqaça ştabning işini tuşuntirib ötdi.
— Prokuratura idoralariga sektor vazifalari ham yuklangan. Sektorga yuklatilgan vazifalar bilan prokurorlik vazifalarini bajarişda manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelmaydimi?
— Yöq, bu yerda men manfaatlar töqnaşuvini körmayapman. Özi sektorlar boşqaruviga nega ötilgan, qanday ötilgan. Eng avvalo yillar davomida töplangan muammolarni tezkorlik bilan hal qiliş uçun 2017 yilda yangiça boşqaruvga ötilgan. Biz ayrim payt tört yil oldin qanday holatda edik, bolalarni boğçaga qöyişimiz mumkinmidi, maktablar, yöllarning avholi qanaqa edi, degan narsalarni esdan çiqaramiz.
Şuning uçun bugungi kunda sektorlarda boğçalarning qamrovi böyiça, maktablar, köçalarning obodonligi böyiça köplab işlar qilindi. Bu yerda heç qanday manfaatlar töqnaşuvi yöq, har qanday muammoning yeçimi sifatida qonunni qöllaş kerak böladi. Xalqimizni qiynayotgan muammo mana şu yerda qonuniylik nuqtayi nazaridan örganilib, masalaga huquqiy yeçim topiladi va aynan qonuniy yeçimni topişda prokuratura xodimlari öz vakolatidan foydalanib, jonbozlik körsatadi.
Prokuratura tizimida işlaydigan xodimlarning ştati boşqa idoralar bilan soliştirilganda unça katta emas. Şuning uçun sektorlarda işni mas'ul idoralar xodimlarini jalb qilgan holda taşkil qilganmiz. Köp masalalar aynan şu ştabda vakolatli idoralar iştirokida yeçiladigan böldi.
Ştabda nafaqat mas'ul idoralar, balki psixologlar ham bor. Ular har qanday nikoh ajrimi masalasida sudga boriladigan bölsa, oilalarni yaraştiriş maqsadida psixologik suhbatlar olib boriladi. Imkon bölsa ular yaraştiriladi. Imkoni bölmasa öz xulosasini sudga yoki FHDYo idoralariga beradi. Şu nuqtayi nazardan qaraladigan bölsa, sektorlar işi juda keng qamrovli böladi.
Şundan söng viloyat prokurori bizni «Obod mahalla» dasturlari ijrosi böyiça prokuratura işçi guruhi ştabiga olib bordi. Buxoroning qadimiy Bahouddin Naqşbandiy köçasida amalga oşirilayotgan obodonçilik işlari bilan tanişdik. Mahallada keng qamrovdagi obodonçilik işlari olib borilayotganiga guvoh böldik. Köçalarga qadimiy uslubda plitkalar yotqizilmoqda. Asfalt qilinmoqda.
Şu yerda viloyat prokurori ijtimoiy tarmoqlarda aholi tomonidan Buxoro şahrida olib borilayotgan quriliş va bunyodkorlik işlari, xususan, şaharsozlik normalari va qoidalariga zid qurilayotgan köp qavatli uylar borasida çiqib turgan kunora murojaatlar yuzasidan fikr bildirdi.
— Bu sohada, nazoratni kuçaytiriş yönalişida nima qiliş kerak?
— Endi bu savolga oddiy yondaşib javob beriş qiyin. Bu quriliş sohasi masalasi kompleks yondaşuvni talab qiladi. Çindan ham kunora murojaatlar çiqadi. Aholi qaysidir qurilişdan yoki yer ajratişdan norozi böladi.
Bu borada sönggi yillarda nafaqat Buxoroda, respublikamizning boşqa viloyatlarida ham köplab tizimli muammolar yiğilib qolgan. Birgina Buxoroni oladigan bölsak, oxirgi 3-4 yilda 400dan ortiq köp qavatli uylar qurildi. Bundan taşqari, yuzlab davlat obektlari, ijtimoiy soha obektlari qurilyapti.
Davlat nazoratini olib boradigan taşkilotda arxitektura nazoratini olib boradigan bor-yöği 18 nafar inspektor faoliyat olib boradi. 18 xodim bunça obektni qamrab ololadimi-yöqmi?
Bundan taşqari, bir qança nazorat tuşunçalari bor. Buyurtmaçi nazorati yoki loyiha taşkilotining mualliflik nazorati bor. Bu tizimlar ham istalgandek işlamayapti.
Sönggi yillarda bizda uluşdorlik asosida köp qavatli uylarni quriş sohasi rivojlanib ketdi. Aslida amaliyot hayot qonunidan sal ilgarilab ketdi. Bizda uy-joy kodeksi bor. Bu hujjat ham 90-yillarda qabul qilingan. Ya'ni ilgarigi sovet kodeksi namunasi asosida tayyorlangan. Kodeksda bu masalalar tartibga solinmagan. Bu masala prezident qarori bilan tartibga solinyapti.
Bu borada uluşdorlar, ya'ni uy sotib oluvçilarining huquqiy manfaatini himoya qiliş masalasi turibdi. Agar öşa quruvçi aldaydigan bölsa, qanday kafolat bor, degan masalalar oçiq turibdi. Bu masalalarni biz huquqiy tartibga solişimiz kerak.
Aholi juda töğri e'tiroz bildiradi. Yaşaş massivida qandaydir obekt qurilişiga e'tiroz bildiradi. Albatta yaşaş uçun muhit degan narsa bölişi kerak. Bu — elementar narsa. Boğ bölişi kerak, avtoturargoh, sayr qiliş uçun joy, bolalar maydonçalari bölişi kerak. Biz ham qat'iylik bilan şahar hokimligining bu boradagi qarorlarini kötaryapmiz. Aholi manfaatlari yönalişiga moslaştiriş maqsadida, bu qarorlarni bekor qiliş maqsadida protestlar kirityapmiz.
Lekin turar joy massividan yer ajratib berilişining ham öziga yaraşa sabablari bor. Bizda «Buxoro Siti» majmusi va boşqa köplab obektlar qurildi. Şu sababli bir qança binolar snos böldi. Albatta, u yerda obektning egasi bölgan tadbirkorning ham manfaatlari bor. Bir bino buzildimi davlat öşa qiymatga mos boşqa joydan yer berişi kerak. Yer egasi esa aynan özi yaşaş joyidan joy berilişini talab qiladi. Hududdagi aholi esa norozi böladi. Bu örtadagi muvozanatni saqlab, six ham, kabob ham kuymaydigan qilib murosaga keltiriş — davlat amaldorlarini işi hisoblanadi. Bu masalada eng töğri yöl, mening öylaşimça, bu jamoatçilik nazorati. Sababi, hali aytganimizday, inspektorlarni köpaytiriş bu masalaning yeçimi emas.
Yaqinda bölib ötgan selektorda prezidentimiz «Xalqparvar komissiya» kengaşi tuziş taklifini berdilar. Şundan kelib çiqib, biz yangi portal yaratiş taşabbusi bilan çiqdik. Uşbu portalning ham huquqiy zamirini yaratib, keng jamoatçilikka e'lon qilamiz.
Portalning maqsadi — hamma obektlar haqida fuqarolar kirib töliq ma'lumot olişi mumkin. Ya'ni yer ajratiş qarori qaçon çiqqan, kim tomonidan çiqarilgan, quriliş loyihasi qanday, ekpertizadan ötganmi, xulosasi qanday, ART berilganmi, texnik nazoratlari bormi, kim bilan şartnoma qilgan, şaharsozlik ekspertizasi qanday xulosa bergan, quriliş materiallari sifati qanday, tender jarayonlari kabi savollarga oçiq oydin javob olişlari mumkin. Agar bu portalni joriy qilsak, respublika miqyosida ommalaştiriladigan tajriba bölişi mumkin.
— Sizni köpçilik Markaziy saylov komissiyasidagi faoliyatingiz orqali ham taniydi. Markaziy saylov komissiyasida ham a'zolikni saqlab qolgansiz. Bu yilgi prezidentlik saylovlarga tayyorgarlik qanday keçyapti? Saylovdan nimalarni kutişimiz kerak?
— Bu yilgi saylovlarga markaziy saylov komissiyasi juda katta tayyorgarlik işlarini olib boryapti. Butun normativ huquqiy bazamiz qayta körib çiqildi. Hozir saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlarni tanlab, ularni öqitiş böyiça katta işlar qilinyapti. Öquv uslubiy qöllanmalar işlab çiqilyapti.
Umuman olganda, tarixga nazar taşlaydigan bölsak, 1994-95-yillardan keyin bizda saylov qonunçiligi keskin özgardi. Demokratik standartlarga ança yaqinlaşdi. Biz saylov qonunçiligini ança takomillaştirdik. Köp yangiliklar kiritdik.
Albatta, ayrim tavsiyalar qabul qilinmaydi. Çunki ekspertlar bilan maslahatlaşilganda ular ham ba'zi tavsiyalarni qabul qiliş maqsadga muvofiq emasligini aytişdi.
Masalan, konstitutsiyamizga köra, prezidentlikka nomzodlar oxirgi yillarda Özbekiston hududida muqim yaşaşi kerak. Kuzatuvçilar bu band ortiqça, çeklovlarni olib taşlaş kerak, deyişdi. Keçirasiz-ku, Özbekistonda yaşamagan odam bu yerdagi odamlarni örganmagan şaxs qanday qilib deputat bölişi mumkin, prezident bölişi mumkin? Şunday tavsiyalarini biz qabul qilmadik.
Umuman olganda, bizda saylov qonunçiligi butunlay özgardi. Bugungi oçiqlik oşkoralik davrida fuqarolar öz fikrini oçiq oşkora bildirayotgan davrda men aminmanki, saylovlar demokratik standartlar asosida ötadi.
— Ommaviy axborot vositalari, blogerlarga qanday tilaklaringiz, tavsiyalaringiz bor?
— Ommaviy axborot vositalari haqida gap ketganda bir iborani işlatişni yaxşi köraman. Axborot — bu olov. Qölida olov bölgan har qanday odam yonğin xavfsizligiga rioya qilişi şart.
Şuning uçun bugungi OAV xodimlarida, blogerlarda juda katta ma'naviy mas'uliyat bor. Jamiyatda ijtimoiy fikrni şakllantiradigan asosiy institutlaridan biri sizlar. Xalqimizga töğri axborotni xolis yetkazişda, avvalambor vijdonlaringiz oldida töğri bölişni tilab qolaman.