Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor texnik-suriştiruv işlari natijasida, Jondor tumanining Zarafşon mahallasida yaşovçi 17 yoşli ösmir yigitni qölga olgan. Bu haqda “Milliy” telekanali xabar berdi.

Rasmiylarga köra, ösmir litsenziya olmasdan, 34 milliard sömlik kriptoaktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan.

“Tezkor tadbirda aniqlangan kriptovalutalarning noqonuniy aylanişi bilan boğliq mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat qözğatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, – deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Şuhrat Jalolov.

Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3 qismida “juda köp miqdordagi kripto-aktivlarni qonunga xilof ravişda oliş, ötkaziş yoki ayirboşlaş” uçun javobgarlik mavjud. Buning uçun ösmir 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.

Şuningdek, tayyorgarlik körilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida öz ixtiyori bilan arz qilgan va uni oçişga faol yordam bergan şaxs javobgarlikka tortilmaydi.

Özbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boşlab fuqarolar va yuridik şaxslari kripto-aktivlarni sotib oliş, sotiş va (yoki) ayirboşlaş böyiça operatsiyalarni faqat milliy xizmatlar provayderlari orqali qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşirişlari mumkin.

Özbekiston hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oşiriş uçun tegişli litsenziya olmagan xorijiy platformalarda kripto-aktivlar bilan har qanday operatsiyalarni amalga oşiriş ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalovçi organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlari turlari böyiça litsenziyalarning elektron reyestri”ni yuritadi.