Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Rossiya temir yo‘llari» boshqaruvi raisini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» kompaniyasi («RJD» OAJ) bosh direktori – boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovni qabul qildi.
Temir yo‘l aloqalari sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, davlat rahbari ikki mamlakat temir yo‘l ma'muriyatlari o‘rtasida, shu jumladan xalqaro tarmoq tuzilmalari doirasida an'anaviy yaqin va sermahsul ishbilarmonlik aloqalari qaror topganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

«Pandemiya sharoitida, keng rivojlangan va o‘zaro integratsiyalashgan transport kommunikatsiyalari, eng avvalo temir yo‘llar koronavirus oqibatlariga muvaffaqiyatli qarshi kurashish hamda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal sur'atini saqlab qolishga xizmat qilgani ta'kidlandi.
Amaliy sheriklikni kengaytirish, jumladan, mamlakatimizda temir yo‘llar tizimini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish, yuk tashishlar hajmini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, yo‘lovchi poyezdlarining qatnovini qayta tiklash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Uchrashuvda xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda «Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor» temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Loyihani har tomonlama tayyorlash, shu jumladan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va qurilishni tez fursatda boshlashga qaratilgan ishlarda ishtirok etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
«RJD» rahbari Oleg Belozyorov tarmoq kompaniyalari temir yo‘llar sohasidagi sheriklikning ustuvor vazifalarni amalga oshirishda keng ko‘lamda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
22:15 / 22.04.2026