27 oktyabr kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Keir Starmer lavozimga kelganidan buyon ilk bor Turkiyaga taşrif buyurdi. Taşrifi çoğida Starmer prezident Rajab Toyyib Erdöğan bilan Eurofighter Typhoon qiruvçilarini xarid qiliş böyiça kelişuvni imzoladi va uni «tarixiy lahza» deb atadi.

Kelişuvga köra, Britaniya 10,7 mlrd dollar evaziga 20 ta yangi Eurofighter Typhoon qiruvçisini Turkiyaga yetkazib beradi. Londonning bildirişiça, Turkiya yangi Typhoon'ning dastlabkisini 2030 yilda qabul qiladi. Starmer muzokaralar doirasidagi bitimda yana qöşimça xarid qiliş opsiyasi ham mavjudligini bildirdi.

«Bu tarixiy kelişuv Britaniya işçilari uçun yutuq, mudofaa sanoatimiz uçun yutuq va NATO xavfsizligi uçun ham yutuqdir», dedi Starmer.

«Turkiya muhim NATO ittifoqçisi va Qora dengizning qöriqçisi hisoblanadi. Ularni eng zamonaviy Typhoon qiruvçi samolyotlari bilan ta’minlaş NATOning salohiyatini kuçaytiradi va hammamizni yanada xavfsiz qiladi», dedi Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili.

Foto: Turkiya mudofaa vazirligi

Britaniya hukumatiga köra, «bu avloddagi eng yirik qiruvçi samolyot eksport bitimi» — Edinburg kabi şaharlarda 20 ming kişilik işçi kuçini qöllab-quvvatlaşga yordam beradi.

Erdöğanning aytişiça, «bu kelişuv ikki yaqin ittifoqçi sifatidagi strategik munosabatlarning yangi belgisi».

Bundan taşqari, Turkiya mudofaa vazirligi Oman va Qatardan ham yana 12 tadan, jami 24 ta Typhoon qiruvçilari sotib olinişini bildirdi. Bu samolyotlar foydalanilgan, ammo tez orada yetkazilişi tufayli Turkiyaning zudlik bilan ehtiyojlarini qondiradi. Yangi samolyotlar esa keyingi yillarda Britaniyadan olinadi.

Isroil bilan kuraşda havoda ustunlikni ta’minlaş

Uşbu kelişuv — Turkiyaning mintaqadagi raqiblari, xususan, Isroil bilan harbiy texnologiyalar böyiça tenglaşişga intilayotgan bir paytda amalga oşmoqda. Şu bilan birga Yevropa — NATOning ikkinçi eng katta armiyasi va qurollangan dronlarning yirik eksportçisiga aylangan Turkiyaga tobora köproq tayanmoqda.

Mintaqada harbiy qudratli hisoblangan Isroil AQŞdan yetkazib berilgan yuzlab qiruvçilar bilan Eron va Suriya, şuningdek, Livan va Qatarga havo hujumlari uyuştirdi.